Baxtiyor Ergashev
Ergashev Bahtiyor Berdalievich — shifokor, neonatal jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi, professor[1]. Perenatal markazining neonatal jarrohlik boʻlimi boshligʻi[2]. Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘istonda malaka oshirgan. Bolalar jarrohligi va urologiyasi muammolariga bag‘ishlangan 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi[3].
Baxtiyor Ergashev | |
---|---|
Tavalludi |
|
Fuqaroligi | → |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | Tibbiyot |
Ish joylari | Neonatal markazi |
Taʼlimi | SamPI |
Mashhur ishlari | Siam egizaklarini operatsiyasi |
Bolaligi
tahrirUning oilasida olti nafar farzand bor edi[4].
Taʼlim
tahrir1983-yili Markaziy Osiyo tibbiyot pediatriya institutiga qabul qilinadi. 1989-yilda institutni tamomlaydi. 1994-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1999—2003-yillarda Mirzo Ulug'bek nomidagi UzMU huquq fakultetida sirtqi bo'limida ta'lim oladi.
1996—1999-yillarda bolalar jarrohligi bo'yicha doktorlik ishini yoqlaydi. 2004 yilda Rossiyada malaka oshiradi. 2007-yilda birinchi bo'lib bolalar xirurgiyasi va urologiyalarida doktorlik disertatsiyasini himoya qiladi[4].
ToshPTI bolalar jarrohlik amaliyoti kafedrasi dotsenti. 2017-, 2018- va 2020-yillarda Vizbayden va Mayns klinikalarida amaliyot oʻtagan. 2021- va 2022-yillarda "Baykal bolalar jarrohlik yulduzlari" shaharlararo konferantsiyada ishtirok etgan[5].
Faoliyati
tahrir1989-yildan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining inson anatomiyasi boʻlimida dastlab assistent, keyinchalik dotsent boʻlib faoliyat yuritadi. 1992-yilda kasalxona pediatriya xirurgiyasi kafedrasi professori boʻldi. 2014-yildan hozirgi kungacha Respubliks perinatal markazida qoshidagi neonatal xirurgiya markazi rahbari, shu bilan bir qatorda TTA pediatriya xirurgiyasi kafedrasi professori[5].
Siam egizaklari
tahrir2022-yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazi shifokorlari qirg‘izistonlik siam egizaklarni jarrohlik yo‘li bilan ajratib oldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra[6][7], bu ilk bor to‘liq o‘zbek shifokorlari o‘tkazgan o‘ta murakkab amaliyot hisoblanadi[8].
Neonatal xirurgiya markazi shifokorlari tanasining qorin qismi birlashgan qirg‘izistonlik siam egizaklarini jarrohlik yo‘li bilan ajratib oldi. Bu amaliyotda Baxtiyor Ergashev ham qatnashdi[8].
Fotima va Zuhra ismlk siam egizaklari tanasining qorin qismi, jigari bilan birlashgan edi. Bitta ichki aʼzolarga ega egizaklarni ajratish murakkab va xavfli amaliyot hisoblanadi.
Egizaklar 2022-yil 31-mayda dunyoga kelgan bo‘lib[9], tug‘uruqdan 10 kun o‘tgach, ota-onaga bolalarning yashab qolish imkoni umuman yo‘qligi aytilib, uyiga ruxsat berilgan[10]. Ammo farzandlarining yashab ketishidan umid uzmagan ota-ona oradan bir oy o‘tgach, O‘zbekistondagi Respublika perinatal markazi qoshidagi neonatal xirurgiya markazi rahbari Baxtiyor Ergashevga telefon orqali murojaat qilishadi[11].
Baxtiyor Ergashev ularni yanada chuqur tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish zarurligini aytadi. Ammo O‘sh shahrida buning imkoni yoʻq edi. Lekin, Ergashev egizaklarni har oy onlayn tarzda tibbiy nazorat qilib boradi. 2022-yilning oktyabr oyida chaqaloqlar Respublika perinatal markazining Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markaziga olib kelinadi. Bu vaqtda ular 5 oylik edi[11].
Egizaklari bir-biridan ajratilgach, Fotimaxonni Baxtiyor Ergashev, Nasriddin Ergashev va Nurbek Egamnazarov operatsiya qilgan boʻlsa, Zuhraxonni esa Habibullo Oqilov, Javlon Muxtorov va Abdujamil Abdug‘aniyevdan iborat neonatal xirurglar jamoasi operatsiya qildi[11].
O‘zbekistonda siam egizaklarini ajratish boʻyicha amaliyot avval faqat bir marta Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida oʻtkazilgan va chet eldan chaqirilgan mutaxassis boshchiligida va bevosita ishtirokida kechgan[8].
Kasallik
tahrir2015-yilda Baxtiyor Ergashev boshida ogʻriq sezadi. Doʻsti Murod Boʻriyev bilan boshini kompyuter tomografiyasi orqali tekshirtirishga borishadi. Tekshiruv natijasiga koʻra unda oʻsimta aniqlanadi. Turmush oʻrtogʻi unga oʻsimtani oldirib tashlash uchun Hindiston davlatiga borishni tavsiya qiladi. 2015-yil 13-sentabr kuni Hindistonga uchib boradi. 15-sentabrda operatsiya qilinadi. Operatsiya yaxshi oʻtadi[4]. 10 kundan soʻng Toshkentga qaytib keladi. Qaytib kelgandan 3 hafta oʻtgach yana oʻz faoliyatini boshlaydi.
Oilasi
tahrirOilali, ikki nafar farzandi bor[4].
- Oʻgʻli — Shaxzod Berdialiyev, talaba.
- Qizi — Zuxra Berdialiyeva, talaba.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Эргашев Бахтиёр Бердиалиевич“. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Shifokorlar“ (uz). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Baxtiyor Ergashev.“. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 MTRK Mahalla YouTubeda
- ↑ 5,0 5,1 „Эргашев Бахтиёр Бердалиевич“ (ru). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „ССВ: Тиббиёт тарихида илк бор ўзбек шифокорлари томонидан сиам эгизаклари ўта ноёб операция натижасида ажратиб олинди“ (uz). ssv.uz. 2023-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Ўз касбининг ҳақиқий фидойилари бўлган ўзбек шифокорларига раҳмат айтаман“ (uz). ssv.uz. 2023-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „O‘zbekistonlik shifokorlar siam egizaklarini operatsiya yordamida ajratib oldi (foto)“ (uz). Gazeta.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „O‘zbekiston shifokorlari ilk bor siam egizaklarini ajratib oldi“ (uz). Daryo.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Узбекские врачи успешно разделили сиамских близнецов из Кыргызстана“. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 „Reportaj: Ilk bor o‘zbek shifokorlari siam egizaklarini ajratib oldi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 26-noyabr.