Baxtiyor Nazarov
Baxtiyor Nazarov (1945-yil 17-sentyabr - 2022-yil 17-yanvar) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). Toshkent davlat universiteti tugatgan (1966). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot intstituda ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969— 1972; 1979—1983), direktor (1986—1990), boʻlim mudiri (1996-yildan), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Bosh ilmiy kotibi oʻrinbosari (1973—1979), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999—2000), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990— 92), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (1992—1994), ayni vaqtda „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnalining bosh muharriri (1986-1994) sifatida faoliyat yuritgan.
Baxtiyor Nazarov | |
---|---|
Tavalludi |
17-sentyabr 1945-yil |
Vafoti |
17-yanvar 2022-yil (76 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Nazarovning ilmiy ishlari XX asr oʻzbek adabiyoti taraqqiyoti, xususan, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bagʻishlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati oʻrganilgan. Oybekning 20 jildli „Mukammal asarlar“ toʻplamini nashrga tayyorlashda qatnashgan. Milliy istiqlol gʻoyasi bilan sugʻorilgan, yangi tipdagi darsliklar (oʻrta maktabning 9-11-sinflari uchun „Oʻzbek adabiyoti“, oliy maktab uchun „XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi“) ning mualliflaridan biri.[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ https://m.kun.uz/news/2022/01/18/akademik-baxtiyor-nazarov-vafot-etdi
- ↑ Bu sehrli dunyo, T., 1980; Hayotiylik — bezavol mezon, T., 1985.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |