Baxtiyor Nazarov(rassom)
Baxtiyor Muhammadjanovich Nazarov (1942-yil 2-mayda, Namangan viloyati, Nanay qishlogʻida tugʻilgan) – sovet-oʻzbek sahnalashtiruvchi rassomi, rassom. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi[1]. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2000)[2].
Nazarov Baxtiyor Muhammadjonovich | |
Tavalludi | 5-fevral 1942-yil Namangan viloyati Nanay qishlogʻi |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | rassom |
Biografiyasi
tahrirBaxtiyor Nazarov 1942-yil 2-may kuni Namangan viloyatining Nanay qishlogʻida tugʻilgan. 1965-yilda P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (hozirgi Respublika rassomlik kolleji) tamomlagan. S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida oʻqishni davom ettirib, uni 1971-yilda tugatgan. 1983-1990-yillarda „O‘zbekfilm“ kinostudiyasi bosh rassomi, shu davrda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining „Teatr va kino dekoratsiyalari“ kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan[2].
1972-yildan SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi, 1976-yildan SSSR Kinematograflar uyushmasi aʼzosi. 1985-yildan 1990-yilgacha SSSR Rassomlar va kinematograflar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi. 2007-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi qoshidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida dotsent boʻlib ishlagan[3].
2017-yil 21-sentyabrda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan[4].
Ijodi
tahrir"Seni kutamiz, yigit" (1972), „Shum bola“ (1977), „Oltin moʻyna“ (1980), „Hayot mazmuni“ (1985), „Sharif va Maʼruf“ (1993), „Sharshara sehri“ kabi badiiy filmlar va teatr spektakllarini sahnalashtiruvchi rassom (shuningdek, ijrochi prodyuser, 2003). „Buyuk Pyotr“ (SSSR – AQSH, 1986), „Shaxerezadaning soʻnggi kechasi“ (1987, SSSR – Suriya), „Uch qirol jangi“ (SSSR – Marokash – Italiya – Ispaniya, 1990), „O, sevgi“ (Hindiston, 2001) kabi sovet kinostudiyalarining xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma loyihalarida va xorijiy filmlarda dekoratsiya rassomi sifatida ishtirok etgan[2].
Baxtiyor Nazarov, shuningdek, „Olim Xoʻjayev“ (1973), „Lutfixonim Sarimsoqova“ (1974), „Malik Qayumov“ (1977) kabi badiiy portretlari; "Oʻzbekiston yoshlari, " „Hindiston ayollari“ kartinalar toʻplamlari; "Kelin, " „Ona“ kartinalari va boshqa asarlari bilan ham tanilgan[2].
Rassomning asarlari AQSH, Vengriya, Chexiya, Latviya, Hindiston, Ispaniya, Marokash, Rossiya va boshqa koʻplab mamlakatlardagi shaxsiy koʻrgazmalarda namoyish etilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga 12 nafar yangi haqiqiy akademik saylandi“. Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Nazarov Baxtiyor Muhammadjonovich. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.“ (uz). Qaraldi: 2024-yil 23-may.
- ↑ „Baxtiyor Muhammadjonovich Nazarov“. Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
- ↑ „O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a'zolari saylandi“. Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
- ↑ „Rassom Baxtiyor Nazarovning "Xitoy ohanglari" nomli ko‘rgazmasi“. Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.