Bayanavul (tuman)
Bayanavul tumani — Pavlodar viloyatining janubiy — gʻarbida joylashgan. Tuman 1928-yili tashkil topgan. Tumanning maʼmuriy markazi — Bayanavul qishlogʻi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Pavlodar viloyati |
Maʼmuriy markazi | Bayanavul |
Asos solingan sanasi | 1938-yil |
Akim | Aytkenov Yernur Nurmuxanovich[1] |
Rasmiy tillar | qozoq |
Aholi (2012) | 27 787[2] |
Zichligi | 27,78 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 88,74% Ruslar - 7,98% Olmonlar - 1% Ukrainlar - 0,83% Beloruslar - 0,08% Tatarlar - 0,61% <[2] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 18,5 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71840 9xxxx[3] |
Pochta indeksi | 140200-140212[4] |
Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
Xaritada | |
50°50′24″N 75°40′12″E / 50.84000°N 75.67000°E |
Geografiyasi
tahrirTuman hududi 18,5 ming km2. Shimoliy tomonidan Ekibastuz shahrining qishloq hududlari bilan, shimoliy-sharqida— Aqsu shahrining qishloq hududlari bilan, sharqida — May tumani bilan, janubiy va gʻarbiy tomonlaridan — Qaragʻandi viloyati bilan chegaradosh.
Iqlimi
tahrirTuman iqlimi — keskin kontinental. Yoz oyi issiq (+35 °C-gacha) qishi oyi sovuq (−34 °C-gacha). Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 270 va 277 mm orasida, yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati −14º-16 °C, iyulniki +18º+20 °C.
Aholisi
tahrir2012-yili tuman aholisi 27,78 ming kishini tashkil qildi. Aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi, shuningdek — ruslar, olmonlar, ukrainlar va boshqalar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 1,5 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)
Hududiy boʻlinishi
tahrirTumanning katta qishloqlari: Bayanavul, Aqsan, Birlik, Janajoʻl, Janatilek, Qaratoʻmar, Qumdikoʻl, Kurkeli, Leker, Satpaev, Toriaygʻir, Uzinbulaq.
Iqtisodiyot
tahrirSanoati
tahrirBayanavul tumanida togʻ -kon sanoati yaxshi rivojlangan, moy-non zavoqlari, turli kombinatlar, tipografiya, ikkita avtomabil korxonalar, uchta bunyodkorlik jamoatlari faoliyat yuritmoqda.
Turizm
tahrirBayanavul davlat milliy bogʻi hududida 35 ta hordiq maskanlai mavjud, shulardan Jasibay koʻlida — 28, Sabindikoʻl koʻlida — 5, Toriaygʻir koʻlida — 2. Hozirgi kunda milliy bogʻ hududida 37 arxeologik yodgorliklar, tabiiy yodgorliklari mavjud. Turizmni rivojlantirish maqsadida bogʻ hududida 208,5 km uzunlikda 11 ta turist yoʻnalishlari va 1 botanikalik yoʻlakcha bunyod etilgan.
Ijtimoiy soha
tahrirIjtimoiy-iqtisodiy darajasi
tahrirQozogʻiston Respublikasining 1992-yilgi 18-dekabrdagi „Semey yaderlik poligonidagi yaderlik sinoqdan jabr koʻrgan fuqorolarni ijtimoiy himolash haqida“ qonuniga binoan Bayanavul tumani engilliklari mavjud ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi hudud hisoblanadi.
Taʼlim
tahrir2012-yilgi oʻquv yilida tumanda 33 ta oʻrta umumiy bilim beruvchi maktablari, 5 ta maktabgacha mahkamalari va 1 kasbiy maktab-litsey faoliyat yuritadi.
Tibbiyot
tahrirTumanda Bayanavul markaziy tuman kasalxona bor, bosh shifokori Qalken Armizov.
Madaniyat
tahrirTumanda madaniyat uyi, 44 ta umumiy bilim beruvchi, 2 musiqa va sport maktablari, 19 ta bola bogʻcha, Mayqayin qishlogʻida filiali mavjud kasbiy-texnik uchilishi, 39 ta kinomantaj, 45 ta kutubxona, uchta muzey (qarangI. Satbaev, S. Toriaygʻirov, M.J. Koʻpeev) mavjud. „Jenis“ („Bayantau“) (1931-yildan buyon) va „Pobeda“ (1955-yildan buyon) tuman gazetalari chiqariladi. 1993-yili tugʻilganiga 325 yil boʻlishiga bogʻliq shoir Buqar jirauga atab Bayanavul qishlogʻining markazida haykal qoʻyildi. 2008-yili esa shoir, kompozitor Jayau Musa Bayjanuliga atab haykal qoʻyildi. Bayanavul qishlogʻidan 12 km masofada Jasibay koʻlinіng soʻng yoqasida joylashgan. Haykaltarosh M.Ye. Sergebaev.