"Bayer" – 1863-yilda tashkil topgan Germaniyadagi kimyo kompaniyasi. 1992-yilgacha Germaniyaning „I. G. Farbenindustri“ kimyo konserni tarkibiga kirgan. Oʻgʻitlar, oʻsimliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalari, urugʻlik dorilanadigan preparatlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi, agrokimyoviy xizmat koʻrsatadi. Jahondagi 150 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. 1992-yildan Oʻzbekistonda vakolatxonasi ochilgan. Aylanma kapitali 48,6 mlrd. marka, 141 ming ishchi xizmatchi ishlaydi (1997).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil