Bayhaqiy Abulfazl Muhammad ibn Husayn al-Kotib

Bayhaqiy Abulfazl Muhammad ibn Husayn al-Kotib (995—1077) – tarixchi olim. Nishopur madrasalarida tahsil koʻrgan. Mahmud Gʻaznaviy saroyida kotib (1021). „Ziynat ul-kuttob“ („Kotiblar ziynati“) va 30 jildli „Tarixi oli Mahmud“ („Mahmud xonadoni tarixi“) nomli asarlar yozgan. „Tarixi oli Mahmud“ asarining Mahmud Gʻaznaviy oʻgʻli Masʼud hukmronligi (1030—41) ga oid qismigina saqlanib qolgan boʻlib, u „Tarixi Masʼudiy“ va „Tarixi Bayhaqiy“ nomi bilan ham mashhur. Bu asar Toshkentda soʻz boshi va izohlar bilan rus tilida nashr qilingan (1962).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil