Bazis (yunoncha: basis — asos) — 1) asos, negiz, tayanch, poydevor. 2) Geodeziyada — yer yuzining maʼlum joyida juda aniq oʻlchab olinadigan asosiy chiziq. Bazis uzunligi lentalar yoki maxsus (radiotoʻlqinlar va yorugʻlik nuri vositasida oʻlchovchi) asboblar bilan aniqlanadi. Triangulyatsiyal uchburchakning asosiy tomoni uzunligini topish uchun ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil