Bazitlar
Bazitlar — asosli magmatik togʻ jinslari. Tarkibida kremniy oksidi 50-55% dan oshmaydi, ammo A1, Sa, Fe, Mg koʻp. Kvars yoʻq. Gabbrobazalt turkumiga mansub togʻ jinslarining umumiy nomi. Oʻzbekistonda Quljuqtogʻ, Tomdi, Sulton Uvays, Hisor togʻlarida uchraydi. Mis, nikel, kobalt va boshqa foydali qazilma konlari Bazitlar tarqalgan hududlarda boʻladi. Bazitlardan tayyorlangan bezak koshinchalari imorat devorlarini pardozlashda, koshinkorlikda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |