Bazudin, diazinon — oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy modda; insektitsid. Oʻsimliklarga oʻsish davrida purkash uchun 60% li emulsiyalanuvchi konsentrat, urugʻlikni ekishdan oldin upalash uchun 40% li hoʻllanadigan kukun, 30% li kukun, ekish paytida solinadigan 5% va 10% li donador preparat holida ishlab chiqariladi. Bugʻdoy, qand lavlagi, beda, makkajoʻxori, sabzavot ekinlari va boshqalarning soʻruvchi va kemiruvchi zararkunandalar (toʻplamlar, shira, oʻrgimchakkana va boshqalar)ga qarshi qoʻllanadi. Taʼsiri 45 kundan ortiq saqdanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil