Bebokcha
Bebokcha, Beboqcha (fors— shoʻx, shaddod, dadil) — maqom yoʻllarida yaratilgan oʻzbek mumtoz ashulasi. Kuy-ohang va parda tuzilishi boʻyicha BOʻzRuk maqomiga mos keladi. Xalq orasida bir necha xillari tarqalgan boʻlib, ular usul (ufar yoki surʼati tezlashtirilgan saraxbor) va avjlar koʻlami bilan farqlanadi. Bebokchaning mukammal kui yoʻlini Xoji Abdulaziz Abdurasulov qayta bastalagan; Avji turkni kiritib, Navoiyning "Chashmi ohularmidur" va Zebunnisoning "nashud" radifli gʻazallari bilan aytgan. T. Jalilov va G. Sobitovlarnnng "Nurxon" musiqali dramasidagi "Yorimni derman" dueti Bebokcha ashulasi asosida yaratilgan. Unda Turk avji oʻrnida Uz zol namudi ishlatilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |