Beda yaprogʻi (Fabergé tuxumi)

Beda yaprogʻi tuxumi 1902-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé rahbarligida Rossiya podshosi Nikolay II uchun tayyorlangan zargarlik buyumlari bilan bezatilgan Pasxa (Masihning tirilishini nishonlash kuni edi) tuxumilaridan biri hisoblanadi. Beda yaprogʻi tuxumiga Fabergé ustaxonasi ustalaridan biri Michael Perkhin tomonidan ishlov berilgan. Beda yaprogʻi tuxumini Nikolay II oʻzining rafiqasi qirolicha Alexandra Feodorovnaga Pasxa sovgʻasi sifatida taqdim etdi. Hozirda Beda yaprogʻi tuxumi Moskvadagi Kreml qurol-yarogʻ muzeyida saqlanadi. Beda yaprogʻi tuxumi Rossiya inqilobidan keyin hech qachon sotilmagan bir necha imperator Fabergé tuxumlaridan biridir[1].

Beda yaprogʻi Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1902
Mijoz Nikolay II
Qabul qiluvchi Alexandra Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Kreml qurol-yarogʻ muzeyi,Moskva
Sotib olish yili 1933
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Michael Perkhin
Foydalanilgan materiallar Oltin,emal, marvarid, olmos
Boʻyi 98 mm
Eni -
Oʻziga xos xususiyati yigirma uchta olmosli toʻrt bargli beda va podshohning toʻrtta qizi: Olga, Tatiana, Maria va Anastasianing toʻrtta miniatyura portreti

Dizayni

tahrir

Beda yaprogʻi tuxumi tuxum shaklini hosil qiluvchi poya va barglarning ochiq naqshidan qilingan. Barglarning metall konturlari orasidagi boʻshliqlar shaffof yashil emal bilan qoplangan. Yoqutlar bilan qoplangan juda yupqa oltin lenta barglar orasidan jingalaklanadi. Oʻsha paytda shaffof emal ishlab chiqarish hali ham yangi usul edi va koʻpincha emalni sovutish paytida muammolarga duch kelingan. Beda yaprogʻi tuxumining emalida hech qanday nuqson yoʻq, lekin u juda nozik hisoblanadi.

Oʻziga xos xususiyati

tahrir

Beda yaprogʻi tuxumining oʻziga xos „sovgʻa“si yoʻqolgan. Ammo arxiv maʼlumotlariga koʻra, Beda yaprogʻi tuxumining ichidagi sovg'asi yigirma uchta olmosli toʻrt bargli beda va podshohning toʻrtta qizi: Olga, Tatiana, Maria va Anastasianing toʻrtta miniatyura portreti edi[2]. Beda yaprogʻi tuxumining bo'yi 98 mm ni tashkil qiladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Snowman, A Kenneth. Carl Faberge: Goldsmith to the Imperial Court of Russia. Gramercy, 1988. ISBN 0-517-40502-4. 
  2. „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl.

Adabiyotar

tahrir

Havolalar

tahrir