Emine Bedia Muvahhit (1896 – 1994-yil 20-yanvar) – turk teatr va kino aktrisasi . U 1923-yildagi debyuti bilan Turkiyada birinchi musulmon kino aktrisasi sifatida esda qolgan.

Bedia Muvahhit
Tavalludi
Emine Bedia

1896
Vafoti 20-yanvar 1994-yil(1994-01-20)
(98 yoshda)
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya va Usmonli imperiyasi
Kasbi Teatr va kino aktrisasi
Faoliyat yillari 1908–1975
Turmush oʻrtogʻi
  • Ahmet Muvahhit
    (turm. 1923; ajr. 1927)
  • Friedrich von Statzer
    (turm. 1933; ajr. 1951)
Mukofotlari
  • 1971 Atatürk Prize for Art
  • 1987 State Actress
  • 1988 Golden Tulip Award

Hayoti

tahrir

Muvahhit 1896-yilda prokuror Ahmet Şekip Bey va uning rafiqasi Emine oilasida Usmoniylar davlati Istanbul viloyati Kadıköy shahrida tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlimni Büyükada Saint Antoine maktabida, oʻrta taʼlimni esa Kadıköy Terakki oʻrta maktabida oladi. Keyinchalik u oʻqishini Notre Dame de Sion fransuz tili litseyida Istanbulda davom ettiradi. U chet tillaridan fransuz va yunon tillarida yaxshi gapira olgan[1][2].

Bedia Muvahhit 1914-yilda Istanbuldagi davlatga qarashli telefon kompaniyasida operator sifatida ishlagan va Usmoniylar davlatida davlat xizmati sohasida ishlagan dastlabki musulmon ayollardan biri boʻlgan. Yangi tashkil etilgan jurnallar va xotin-qizlarning huquqlarini himoya qiluvchi uyushma kompaniyasidan soʻng, pochta maʼmuriyati chet tilda soʻzlaydigan xristian yoki yahudiy ozchiligidan boʻlgan qizlarni, turk tilini yaxshi biladigan telefon operatorlariga almashtirish haqida qaror qildi[3][4].

1921-yilda u Erenköy qizlar oʻrta maktabida fransuz tili oʻqituvchisi sifatida ishlashni boshladi. Shu vaqt mobaynida, u teatr aktyori Ahmet Muvahhit bilan uning spektakllaridan birida, dastxat olayotgan paytda uchrashib qoladi. Shundan soʻng, ular 1923-yilda turmush qurishdi. Bu nikohdan Bedia Muvahhitning oʻgʻli Shuayip Sina Arbel (1922-1991) tugʻildi. 1923 -yilda Bedia Muvahhit oʻqituvchilik lavozimidan ketib, oʻzini aktyorlik faoliyatiga bagʻishladi. U filmlarda va sahnada muvaffaqiyatli rol ijro etdi. Biroq, uning turmush oʻrtogí Ahmet Muvahhit 1927-yilda vafot etdi[1].

Aktrisa 1933-yilda Fridrik fon Statzer (1906-1974), keyinchalik Ferdi Statzer, Avstriyalik musiqachiga turmushga chiqdi. U 1932-yilda Turkiyaga kelgan boʻlib, Istanbul shahar konservatoriyasida klassik pianodan dars berar va Istanbul shahar teatrida kompozitor va klassik pianist sifatida ishlagan edi[3]. Aktrisaning ikkinchi nikohi 18 yil – 1951 yilgacha davom etdi va ular ajralishdi. Shundan keyin, u oʻzining sahnadagi ismini oʻzining birinchi nikohidagi familiyasi bilan birga ishlatdi[1].

Aktyorlik faoliyati

tahrir

1917-yilda u „Pençe“ filmida kichik rol ijro etish orqali Turkiya (oʻsha vatqda Usmonli) film sanoatiga qoʻshildi. 1923-yilda aktyor Ahmet Muvahhit bilan turmush qurgandan koʻp oʻtmay, ularning doʻsti film rejissyori Muhsin Ertuğrul Halide Edib Adıvar tomonidan yozilgan Ateşten Gömlek (Smirna qizasi) romani (1884-1964) asosida film suratga olishni rejalashtirdi.

Turkiya mustaqillik urushi (1919-1923) ishtirokchisi, ayollar huquqini himoya qilish faoli, ayol dramaturg bosh rolni turk musulmon ayoli ijro etishi kerakligini taʼkidladi. Bedia Muvahhit oʻzini ham juda hayratda qoldirgan holda aktrisa sifatida tanlandi. U Neyyire Neyyir (1902-1943) bilan birga roʻyxatga olingan[3][5].

Ateşten Gömlek filmining suratga olish ishlari tugagandan soʻng, u turmush oʻrtogʻi, aktyor Ahmet Muvahhit bilan birgalikda Darülbedayning Izmir teatr turida ishtirok etdi. Oʻsha paytda shaharda boʻlgan Mustafa Kemal (Atatürk) Ahmet Muvahhitdan rafiqasi ishtirok etayotgan spektaklga qoʻshilib chiqishini soʻradi, chunki bu paytda Turkiya musulmon ayollari ham sahnada qatnashishlari kerak edi[6].

Muvahhit bir kun ichida „Saride“ rolini Ceza Kanunu dramasida oʻrgandi, bu Ahmet Nuri Sekizinci tomonidan 1907- yildagi Vingt jours à l’ombre fransuz dramasidan koʻchirilgan. 1923-yil 31-iyul kuni, Lausanna shartnomasi imzolangandan bir hafta oʻtgach, Bedia Muvahhit yangi Turkiya rahbari oldida sahnada debyut qildi. Keyinchalik u 200 dan ortiq teatrlarda sahnaga chiqdi[3][7].

U oʻn besh yildan ortiq davom etgan aktyorlik faoliyatidan soʻng, 1975-yilda Istanbul shahar teatridagi sahnadan nafaqaga chiqdi[1].

Teatrda 50 yildan ortiq koʻrsatgan xizmatini uchun, Tüm Tiyatro Sanatçıları Birliği (TÎ-SAN) nomli teatr aktyorlari uyushmasi unga va 50 yildan ortiq vaqt davomida teatrga xizmat qilgan boshqalarga „Teatr xizmati sovgʻasi“ (turkcha: Tiyatro Emek Armağanı) ni berish qaroriga keldi. Yosh avlod teatr aktyorlari ushbu sovgʻani teatr uchun qilgan xizmati va saʼy-harakatlari uchun katta avlodga berishdi. Gürdal Duyar haykalligi boʻlgan bu sovgʻani ularga Istanbul Sanat Merkez (ilgari Union Française deb nomlangan) topshirdilar[8]. Akatlardagi Rassomlar bogʻida Duyar tomonidan yaratilgan Muvahhit byusti ham oʻrnatilgan[9].

Oʻlimi

tahrir

Bedia Muvahhit 20-yanvar 1994-yilda 98 yoshida uyida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida Istanbul universitet shifoxonasiga olib kelindi va shu yerda vafot etdi[1]. U Istanbulning Asiyan qabristonida dafn etilgan[3].

Filmografiya

tahrir
  • Ateşten Gömlek (1923)
  • İstanbul Sokaklarında (1931)
  • Karım Beni Aldatırsa (1933)
  • Beklenen Şarkı (1953)
  • Paydos (1954)
  • Yaşlı Gözler (1955)
  • Son Beste (1955)
  • Gülmeyen Yüzler (1955)
  • Çapkınlar (1961)
  • Gönül Ferman Dinlemez (1962)
  • Bir Gecelik Gelin (1962)
  • Belalı Torun (1962)
  • Barut Fıçısı (1963)
  • Genç Kızlar (1963)
  • İstanbul Kaldırımları (1964)
  • Kaynana Zırıltısı (1964)
  • Manyaklar Köşkü (1964)
  • Gençlik Rüzgarı (1964)
  • Halk Çocuğu (1964)
  • Anasının Kuzusu (1964)
  • Gel Barışalım (1964)
  • Sarı Kızla Kopuk Ahmet (1964)
  • Hizmetçi Dediğin Böyle Olur (1964)
  • Hep O Şarkı (1965)
  • Sevinç Gözyaşları (1965)
  • Bozuk Düzen (1966)
  • Aşkın Gözyaşları (1966)
  • Çalıkuşu (1966)
  • Sokak Kızı (1966)
  • O Kadın (1966)
  • Sevgilim Artist Olunca (1966)
  • Şoförün Kızı (1966)
  • Evlat Uğruna (1967)
  • Sen Benimsin (1967)
  • Zehirli Hayat (1967)
  • Dünyanın En Güzel Kadını (1968)
  • Katip (1968)
  • Ateşli Çingene (1969)
  • Esmerin Tadı Sarışının Adı (1969)
  • Lekeli Melek (1969)
  • Son Mektup (1969)
  • Tatlı Sevgilim (1969)
  • Yumurcak (1970)

Mukofotlar

tahrir
  • 1981 Atatürk sanʼat mukofoti[3]
  • 1987 Turkiya davlat aktyorasi, turk madaniyatiga qoʻshgan hissasi uchun[10]
  • 1988 yilgi Xalqaro Istanbul kino festivali(Qoldan tulip mukofoti) [1][3]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Bedia Muvahhit Biyografi“ (Turkish). Biyografi İnfo. Qaraldi: 2013-yil 8-mart.„Bedia Muvahhit Biyografi“ (in Turkish). Biyografi İnfo. Retrieved 8 March 2013.
  2. „Bedia Muvahhit (Sanatçı 15.ölüm yıldönümü)“ (Turkish). Kültür ve Turizm Bakanlğı. Qaraldi: 2013-yil 8-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 „Bedia Muvahhit profile“. İstanbul Kadın Müzesi. 2014-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-mart.„Bedia Muvahhit profile“ (Wayback Machine saytida 2014-04-08 sanasida arxivlangan). İstanbul Kadın Müzesi. Retrieved 8 March 2013.
  4. Ünal, Ertan (2005). "The PTT Museum". Skylife (Turkish Airlines). Archived from the original on 19 September 2012. https://web.archive.org/web/20120919144806/http://www.turkishairlines.com/en-int/skylife/2005/november/articles/the-ptt-museum.aspx. Qaraldi: 8 March 2013. Bedia Muvahhit]]
  5. „Bedia Muvahhit (Sanatçı 15.ölüm yıldönümü)“ (Turkish). Kültür ve Turizm Bakanlğı. Qaraldi: 2013-yil 8-mart.„Bedia Muvahhit (Sanatçı 15.ölüm yıldönümü)“ (in Turkish). Kültür ve Turizm Bakanlğı. Retrieved 8 March 2013.
  6. „Bedia Müvahhit, Özge Borak'ın“ (Turkish). Hürriyet (2012-yil 14-may). Qaraldi: 2013-yil 8-mart.
  7. „Bedia Muvahhit ödülü Tangör'ün“ (Turkish). Hürriyet. Qaraldi: 2013-yil 8-mart.
  8. Oral, Zeynep. „Emeğe Saygı“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  9. Durbaş, Refik. „Gürdal Duyar'ın Vedası“ (tr). Sabah (2004-yil 21-aprel). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  10. „Bedia Muvahhit (Sanatçı 15.ölüm yıldönümü)“ (Turkish). Kültür ve Turizm Bakanlğı. Qaraldi: 2013-yil 8-mart.„Bedia Muvahhit (Sanatçı 15.ölüm yıldönümü)“ (in Turkish). Kültür ve Turizm Bakanlğı. Retrieved 8 March 2013.

Havolalar

tahrir