Behi marmeladi — behi mevalari boʻlaklaridan tayyorlangan shirin, quyuq koʻrinishdagi shirinlik. Portugal tilida oddiygina „marmelada“ deb ataladi („marmelo“ — „behi“). Aynan shu mahsulot nomidan rus tilidagi boshqa barcha marmeladlarga nomi kelib chiqgan.

Behi marmeladi

Yevropa va Lotin Amerikasi oshxonasining milliy taomi
Milliy oshxona

 Ispaniya

 Portugaliya
Asosiy komponentlari Behi, shakar
Oʻxshashlari Goyabada

Tarixi

tahrir

Manbalarga koʻra, rimliklarga avvaldanoq ushbu retsept maʼlum boʻlgan. Ushbu shirinlik Rimning Suriya viloyatida ishlab chiqarilgan, degan farazlar mavjud.

Rim imperiyasi qulagandan soʻng, Iberiya yarim oroli — Ispaniya va Portugaliya — behi marmeladi ishlab chiqarish va isteʼmol qilish markaziga aylangan. Angliya bilan uzoq va yaqin aloqada boʻlgan Portugaliyadan „marmelad“ soʻzi ushbu mamlakatga kirib kelgan va u yerda sitrus murabbosining maxsus turini anglatgan (va hozir ham anglatadi). Rus tilida „marmelad“ soʻzi keng maʼnoga ega boʻlib, boshqa tillarda bir-biriga bogʻliq boʻlmagan bir nechta turli xil mahsulotlarga nisbatan aytiladi.

Ispaniya va Portugaliyadan behi marmeladi mustamlaka qilingan Lotin Amerikasiga  yuboriladi va u yerda Argentina va Urugvay kabi mamlakatlarda keng ommalashishga erishadi. Iqlimi behi yetishtirishga moslashmagan ayrim mamlakatlar esa ispanlar va portugal marmeladlarining taʼm jihatdan juda oʻxshash  boʻlgan turini guava (oʻsimlik turi)  va goyabadu (qamishdan olinadigan shakar turi) mahsulotlaridan tayyorlashadi.

ʻʻʻTayyorlanishiʻʻʻ

tahrir
 
Vocluse, Provans, Fransiyadan behi marmeladı.

Behi marmeladı behi mevasidan tayyorlanadi. Mevalar yaxshilab tozalanib, oz miqdordagi suv va shakar bilan qaynatiladi. Har bir kilogramm behi uchun oʻrtacha 500-1000g shakar qoʻshiladi.

Bugungi kunda uy sharoitida ushbu mahsulotni multivarka yordamida tez tayyorlash mumkin. Unda tayyorlangan marmelad och jigarrang rangda boʻladi va oddiy kostryulkalarda uzoq vaqt pishirishdan keyin u toʻq jigarrang tusga kiradi. Shundan soʻng, marmelad bir necha kun davomida shaklini ushlab qolishi va qotishi uchun tindirib qoʻyiladi.

Marmeladning taʼmi shirin. Behi marmeladi koʻpincha kvadrat shakldagi idishlarda sotiladi.  Non bilan tannavul qilish mumkin. Nonushta qilish uchun behi marmeladini, shuningdek, tushlik paytida, ishtahani ochish yoki shirinlik  oʻrnida isteʼmol qilish ham mumkin. Qolaversa, turli xildagi pishiriqlarni tayyorlashda ham foydalanish mumkin. Shunday qilib, Argentina, Urugvay va Paragvayda keng tarqalgan shirin piroglarning ichi ham odatda behi marmeladi bilan toʻldiriladi.

Mintaqaviy tayyorlanish usullari

tahrir
 
Behi marmeladi.

Garchi behi marmeladi ispan va portugal tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda eng mashhur taomlardan biri boʻlishiga qaramay, u boshqa mamlakatlarda ham juda keng tarqalishga ulgurgan.  Xususan, Fransiyaning Provans viloyatida Rojdestvo  bayramida anʼanaviy tarzda tayyorlanadigan 13 turdagi shirinliklar qatoridan joy olgan. Serbiya, Voyevodina  Xorvatiya va Slavokiyada ham xuddi shunday xush koʻrib isteʼmol qilinadi.

Voyevodinada behi marmeladi baʼzan maydalangan yongʻoq, funduk yoki qovoq urugʻidan tayyorlanadi. Baʼzida shakar oʻrniga asal ham ishlatiladi. Vengriyada behi marmeladi ozgina limon poʻstlogʻi, dolchin yoki chinnigullar bilan tayyorlanadi va unga koʻpincha yongʻoq qoʻshiladi.

Serbiyada, ayniqsa Voyvodinada, shuningdek, materik Xorvatiyada, yaʼni Slavoniyada, behi marmeladı ham keng tarqalgan. Bu yerda u „kitn(i)kes“ deb ataladi — nemischa „Quittenkäse“ dan. Voyvodinada behi marmeladı baʼzan mayda maydalangan yongʻoq, findiq yoki qovoq urugʻidan tayyorlanadi. Baʼzan shakar bu yerda bir xil miqdordagi joʻka asal bilan almashtiriladi.

1578- yilda vengriyalik botanik Pyotr Melius Yuxash behi marmeladini dorivor xususiyatlarga ega boʻlgan mevali preparat sifatida eslab oʻtgan. Moldova va Ruminiyada behi marmeladi „kitonoage“ deb nomlanadi.

Behi marmeladi Yevropa oshxonasining eng qadimiy taomlaridan biri boʻlib, u hanuzgacha Janubiy Kavkaz, Pokiston va Yaqin Sharqda mashhur. Rim vositachiligi orqali u Oʻrta yer dengizi boʻylab tarqalgan. Behi marmeladi Yevropa oshxona anʼanalari va tillariga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Biroq, u Pireney yarim orolidan tashqaridagi koʻpgina Yevropa mamlakatlari oshxonasida asta-sekin oʻz mavqeini yoʻqotib, ispan va portugal tillarida soʻzlashuvchi madaniyatning belgisiga aylanib qolgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Inés Butrón Parra, (2009), Ruta gastronómica por Andalucía, primera edición, Ed. salsa.
  • Ross, Marjori (2001). Entre el comal y la olla: fundamentos de gastronomía costarricense. San-Xose, Kosta-Rika: UNED. pp. 46, 55, 88, 91 va 105. ISBN 9789968311281 .