Behzod miniatyura maktabi
Behzod miniatyura maktabi - Sharq miniatyura sanʼatida Behzod ijodi taʼsirida (15-asr oxiri — 16-asr boshlarida) yuzaga kelgan oʻziga xos yoʻnalish. Kamoliddin Behzod asos solgan va uning shogirdlari, izdoshlari (Qosim Ali, Darvesh Muhammad, Muzaffar Ali, Hoji Muhammad, Mir Sayd Ali Termiziy, Mahmud Muzahhib va boshqalar) tomonidan rivojlantirilgan. Behzod miniatyura maktabi m. Sharq tasviriy sanʼatining anʼanaviy xususiyatlari (mujassamot yechimi, badiiy uslubdagi shartlilik)ni saqdagan holda uni yangi ijodiy anʼanalar bilan boyitdi. Behzod miniatyura maktabi m. Buxoro, Tabriz va Hindiston miniatyura maktablariga ham samarali taʼsir koʻrsatgan. Hatto 20-asr boshlarida Yevropada yuzaga kelgan impressionistlar ijodida ham Behzod miniatyura maktabi m. taʼsirini koʻrish mumkin. Oʻzbek rassomlaridan Ch. Ahmarov, Us to Moʻmin (A. Nikolayev), Sh. Hasanova, J. Umarbekov, T. Muhamedov, T. Saʼdullayev, Sh. Muhammadjonov va boshqa uz ijodlarida Behzod miniatyura maktabi m. anʼanalaridan foydalangan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |