Bek (beg, bey) (turk — hukmdor, janob; sinonimi — amir):

1) qad. turkiy xalqlarda xon xizmatidagi alohida harbiy qism vakillari. Ular katta imtiyozlarga ega boʻlib, oliy harbiy zodagonlar tabaqasini tashkil qilgan.

2) Mo-varounnahr xonliklarida davlat arbob-larining bolalari va yaqin qarindoshlariga, zodagonlarga berilgan faxriy unvon. B. bolalari "bekzodalar" deb atalib, ular yoshlik chogʻidanoq maxsus tarbiyachilardan harbiy. siyosiy taʼlim olganlar. Ular kelgusida mamlakatni idora qilish, dushman hujumini qaytarish, el-ulus taraqqiyoti yoʻlida saʼyi harakat qilish ruhida tarbiyalangan;

3) Kavkazorti turkiy xalqlarida oʻrta asrlar va yangi davrda yer egasi, mulkdor unvoni;

4) Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida oʻrta asrlarda yer egalari unvoni;

5) Us-monli turk saltanatida viloyat (sanjoq) hokimi; 19 — 20-alarda B. unvoni yuqori darajadagi turk zobitlari va amaldorlariga berilgan (1934-yil bekor qilingan); 19-asrning 2-yarmidan B. — asosan muro-jaat shakli;

6) Eronning ayrim joylarida qabila boshliqlari unvoni;

7) Tunisda 1705 — 1957 ylarda valiaxd shah-zodalarga berilgan unvon.

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil