Beka Saidmuradova
Beka Saidmurodova (1935-yil, Qatagʻon qishlogʻi, Qoʻshkoʻpir tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – ?) – paxtakor, Qoʻshkoʻpir tumani „Moskva“ (sobiq Lenin nomli) kolxozi kolxozchisi (1971), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1958)[1].
Beka Saidmuradova | |
---|---|
Tavalludi |
1935-yil Qatagʻon qishlogʻi, Qoʻshkoʻpir tumani, Xorazm viloyati |
Vafoti | Nomaʼlum |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrir1935-yili Qoʻshkoʻpir tumani Qatagʻon qishlogʻida tavallud topgan. 1950—1954-yillari Qoʻshkoʻpir tumanidagi „Moskva“ kolxozida kolxozchi, 1954—1961-yillarda shu kolxozning zveno, brigada boshligʻi vazifasida ishlagan. Beka Saidmurodova boshliq zvenoda 10 gektar maydonning har bir gektaridan 52 sentner (1956), 55 sentner (18 gektar, 1957) paxta yetishtirilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzSE 1977, s. 433
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656-bet.