Nikolay Beketov
(Beketov Nikolay Nikolayevichdan yoʻnaltirildi)
Nikolay Nikolayevich Beketov (1827.1 (13).1- 1911.30.11 (13.12)) - Rossiyada fizikkimyogarlar maktabining asoschisi. Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1886). Metall oksidlaridan metallarning qaytarilish usulini kashf etib, alyumotermiyaga asos solgan. Metall tuzlari eritmalaridan ularning bosim ostida vodorod bilan si-qib chiqarilishini aniqlagan. Rossiyada ilk bor termokimyoviy lab. tashkil etgan. Benzureid va atsetureidni sintez qilgan (1852), birinchi boʻlib ishqoriy metallarning suvsiz oksidlarini olgan (1870).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |