Bekzod Aripov
oʻzbekistonlik futbolchi
Bekzod Kamolovich Aripov (19.06.1989, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, sobiq futbolchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 19-iyun 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent | ||
Boʻyi | 1.84 m (6 ft 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
Chigʻatoy | |||
Paxtakor | |||
Bunyodkor | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Biografiya
tahrirBekzod Aripov 1989-yil 19-iyun kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 7 yoshdan futbol maktabiga borgan.
„Chigʻatoy“ klubida yarim himoyachi va jamoa sardori boʻlgan. Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.
2013-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.
„Paxtakor“ va „Bunyodkor“ jamoalari tarkibida toʻp surgan[1].
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarni oʻtkazish boʻlimida ishlagan[2]
2019-yilning 2-may kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori etib tayinlandi[3][4].
Bunyodkor jamoasi tarkibida 2009-yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Арипов Бекзод“. Soccerlife.
- ↑ „Bekzod Aripov“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
- ↑ „O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamentida Mamur Saidqosimov o'rniga yangi direktor tayinlandi“. Championat.asia.
- ↑ „O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamentiga yangi direktor tayinlandi“. Daryo.uz.