Bekzod Hidoyatov
Bekzod Shavkatovich Hidoyatov – (1990-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) – yuqori martabali davlat xizmatchisi, jurnalist. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – UzA sharhlovchisi, yetakchi muharriri, Kotibiyati mudiri (2014-2017-yil), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boʻlim boshligʻi, axborot xizmati rahbari (2017-2019-yil), 2019-yil 13-maydan Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining matbuot xizmati bosh mutaxassisi, shuningdek, 2023-yil 17-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi[1].
Bekzod Hidoyatov | |
---|---|
Bekzod Shavkatovich Hidayatov | |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning Matbuot xizmati rahbari – Matbuot kotibi | |
Mansab davri 17-may 2023-yildan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | Baxtiyor Hasanov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Bekzod Shavkatovich Hidoyatov 4-sentyabr 1990-yil Yangiyoʻl Toshkent viloyati |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Istiqomat joy(lar)i |
Toshkent Oʻzbekiston |
Taʼlim | Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Dini | islom |
Maʼlumoti | oliy |
Tarjimayi holi
tahrirBekzod Hidoyatov 1990-yil 4-sentyabrda Toshkent viloyatida ishchi va dehqon oilasida tugʻilgan. Otasi – Xidayatov Shavkat Vasikovich (1966-yil 3-iyunda tugʻilgan) Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ ishchisi, onasi – Pulatova Mayramxon Sobitxoʻjayevna (1968-yil 31-dekabrda tugʻilgan). 2014-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyati
tahrirBekzod Hidoyatov mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA Mahalliy axborot tahririyatining Toshkent viloyatidagi sharhlovchisi sifatida boshlagan. Maʼlum muddat OʻzAning Respublika axborot tahririyati yetakchi muharriri lavozimida ham ishlagan.
2016-2017-yillarda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Kotibiyati mudiri, 2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi, 2018-2019 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, 2019-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri matbuot xizmatining bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan. 2023-yil 17-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri matbuot xizmati rahbari – Matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Uning jurnalist faoliyati bilan shugʻullangan davrda koʻplab maqolalari, lavha va reportajlari respublikadagi yetakchi bosma va elektron nashrlarning bosh maqolasiga aylangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning jurnalistlar „pool“ida koʻplab siyosiy reportajlar tayyorlagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi sifatidagi faoliyatida Xalqaro maqom sanʼati anjumani, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini yoritishga moʻljallangan matbuot markazini tashkil etish va samarali faoliyat yuritishini taʼminlagan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlarida ham faol ishtirok etgan.
Xalqaro kitob koʻrgazmalarida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash, „Oʻzbekiston milliy pavilon“ini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni muvafaqqiyatli amalga oshirgan[2].
2016-yilda „Yilning eng faol yosh jurnalisti“ respublika tanlovida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan[3].
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Bosh vazir matbuot xizmati — Hukumat portali“. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-oktyabr.
- ↑ 2019 yilda O‘zbekistonda xalqaro kitob ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
- ↑ 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan ko‘rik-tanlovda yilning eng faol yosh jurnalistlari aniqlandi
[1]Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi (Wayback Machine saytida 2023-07-10 sanasida arxivlangan)
Adabiyotlar
tahrirSobiq aloqa vaziri yangi lavozimga tayinlandi
„Zararni albatta MChJga toʻlatamiz“ – Sergelidagi xarajatlar budjetdan qoplanayotganiga izoh berildi
- ↑ Hidoyatov, Bekzod „O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning Matbuot xizmati rahbari – Matbuot kotibi“. gov.uz. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2023-yil.