Belaya veja pushchasi
Belaya veja pushchasi, Belaya Veja oʻrmoni — Bug, Neman va Pripyat daryolari suvayirgʻichlari hududidagi yirik oʻrmon massivi. Belarus bilan Polsha chegaralarida joylashgan. Umumiy maydoni 150 ming ga (jumladan Belarusning Grodno va Brest viloyatlari hududida 87,6 ming ga). B.Belaya veja pushchasi ning sharqiy qismi (Belarus hududi)da 1939-yilda davlat qoʻriqxonasi tashkil etilib (umumiy maydoni 87,6 ming ga), 1957-yildan ovchilikqoʻriqxona xoʻjaligiga aylantirilgan, 1991-yildan Belarus milliy bogʻi. B.Belaya veja pushchasi ning 81,5% hududi asrlar davomida kesilmagan qayin, dub, qaragʻay, archa va boshqalardan iborat oʻrmon. B.Belaya veja pushchasi 13-asrdan Polsha qirollarining ov qoʻriqxonasiga aylantirilgan. 14-asrda zubrlarni ovlash chegaralangan, 1802-yildan butunlay taqiqlangan. Birinchi jahon urushi yillarida zubrlarning hammasi qirib yuborilgan. 1929-yilda Germaniya va Shvesiyadan 8 zubr keltirilib, pitomnik tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin olimlarning saʼyharakatlari bilan zoti toza zubrlar populyatsiyasi qayta tiklandi. B.Belaya veja pushchasi oʻzining zubrlari bilan jahonga mashhur. B.Belaya veja pushchasi da 55 dan koʻp turdagi hayvonlar (bugʻu, choʻchqa, olmaxon, tulki, qunduz va boshqalar), 212 turdagi qushlar (kaptar, qora laylak, karkur va boshqalar) bor. 900 turdagi oʻsimliklar (jumladan 109 turdagi kam uchraydigan va 21 turdagi yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar) muhofaza qilinadi. B.Belaya veja pushchasi da yovvoyi hayvonlar ekologiyasi oʻrganiladi, ulardan samarali foydalanish bilan birga hayvonlar va foydali oʻsimliklarni muhofaza qilish, qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Ovchilik qoʻriqxona xoʻjaligida "B.Belaya veja pushchasi " tabiat muzeyi tashkil etilgan. B.Belaya veja pushchasi ning gʻarbiy qismi (Polsha hududi)da 1947-yil Belovej xalq bogʻi qoʻriqxonasi barpo etilgan (umumiy maydoni salkam 58 ming ga; tabiat muzeyi ham bor). B.Belaya veja pushchasi da 1991-yil 8 dekabrda sobiq "Qizil imperiya" — SSSRning parchalanganligi qayd qilindi.
Oʻlmas Sobirov.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |