Belgi — moddiy, hissiy ravishda idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakat. Bu harakat bilishda koʻrsatmalar, ishoralar sifatida yoki boshqa predmet, xususiyat, munosabatlarda namoyon boʻladi. Belgi tushunchasi falsafa, mantiq, tilshunoslik, psixologiya, sotsiologiyada tahlil qilinadi, yaʼni inson faoliyatini tadqiq qilish bilan bogʻliq boʻlgan hamma fanlarda muhim oʻrin tutadi. Antik faylasuflar (Platon, Aristotel, stoiklar), 17 — 18-asrlarning mutafakkirlari (Lokk, Leybnits, Kondilyak) bilishda belgilarning roliga katta eʼtibor berar edilar. 19 — 20-asrlarda tilshunoslik va matematik mantiq belgini tadqiq qilishga koʻp yangilik kiritdi. Belgi haqida maxsus Fan — semiotika vujudga keldi. Belgilar til va gʻayritil Belgilariga boʻlinadi. Gʻayritil Belgi ham oʻz navbatida belginusxalar, belgialomatlar, belgisignallar va hokazoga boʻlinadi. Belgining axborot uzatish jarayoni bilan aloqasi muhimdir. Biron moldiy obʼyektdan iborat boʻlgan Belgi boshqa biron narsani belgilash uchun xizmat qiladi. Belgining predmet maʼnosini, mazmun maʼnosini, ekspressiv maʼnosini aniqlamasdan turib Belgini tushunish mumkin emas.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil