Bellinsgauzen dengizi – Tinch okeanning Antarktida materigi qirgʻoqlariga tutashgan joyidagi dengiz. Greyam Yeri va Terston orollari oraligʻida. Suv sathi 487 ming km². Eng chuqur yeri 4115 m. Materik qirgʻoqlariga yaqin boʻlgan joylari qalinligi 4 – 5 m li muz bilan qoplangan. Yil davomida dengiz yuzasining koʻp qismida muz parchalari va aysberglar suzib yuradi. Suvning temperaturasi shimolida 0°, janubida – Gdan pastligi Shoʻrligi yezda 33.5‰. Bellinsgauzen dengizini 1821-yilda F. F. Bellinsgauzen va M. P. Lazarev ekspeditsiyalari kashf qilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil