Bengal mushugi yoki mitti mushuk yo Uzoq Sharq mushugi (lotincha: Prionailurus bengalensis) – kichik mushuklar oilasiga mansub mushuklarning bir turi. Bengal mushuklarining vatani Janubiy va Sharqiy Osiyodir. Ularning kattaligi uy mushuginikiga oʻxshaydi va ular keng hududlarda turli xil ranglarida uchraydi.

Bengal mushugi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Urugʻ: Osiyo mushuklari
Turlari: Bengal mushugi
Binar nomi
Prionailurus bengalensis
(Kerr, 1792)

Tashqi koʻrinishi

tahrir

Bengal mushuklarining koʻrinishi juda xilma-xildir. Primorsk oʻlkasidagi populyatsiyasi Indoneziya orollaridagi populyatsiyasiga qaraganda butunlay boshqacha koʻrinishga ega[manba kerak]. Janubdagilarining yungi asosan leopardlarnikiga oʻxshab sariq, shimolda esa asosan kulrang-jigarrang. Terisi moʻynali qora dogʻlar bilan qoplangan, boshida qora chiziqlari bor. Shimoliy populyatsiyalarida yungdagi dogʻlar doira shaklida boʻlsa, janubiy populyatsiyalarda ular qora. Bengal mushuklarining oʻlchami 65 sm (Yava oroli) dan bir metrgacha (Primorsk oʻlkasi), jumladan quyrugʻi 20-40 sm gacha yetadi.

Tarqalishi

tahrir

Bengal mushuklari asosan suv yaqinida yashaydilar. Xuddi ignabargli oʻrmonlar, savannalar yoki togʻlarda boʻlgani kabi tropik oʻrmonlarga ham yaxshi moslashadi. Ular aholi punktlariga yaqin yurishdan choʻchishadi va baʼzan ekin maydonlarini kesib oʻtishi mumkin.

Bengal mushuklarining tarqalish hududi Amur viloyati, Koreya va Xitoydan Hindiston, Pokiston va Indoneziyagacha choʻzilgan. Jeju, Tsusima, Tayvan, Xaynan, Sumatra, Yava, Kalimantan, Bali, Lombok va Filippindagi baʼzi orollarda yashaydi. Janubi-Sharqiy Osiyo orollarida Bengal mushuklarining koʻplab kenja turlar tarqalgan, ammo baʼzida ularni zoologlar alohida turlar deb hisoblashadi.

Ovlanishi

tahrir

Bengal mushugi Xitoyda qimmatbaho moʻynasi uchun ovlanadi. Uning Yevropaga importi toʻxtatilgan, ammo katta miqdorda hali ham Yaponiyaga eksport qilinmoqda[1]. Umuman olganda, Bengal mushugi xavf ostida emas, lekin baʼzi hududlarda allaqachon noyob hayvonga aylangan[manba kerak].

Gibridi

tahrir

AQShda uy mushuki bilan chatishtirilgan holda, Bengal deb nomlangan yangi zot olingan[2].

Kenja turlari

tahrir
  • Prionailurus bengalensis bengalensis – hind mushugi, Hindiston va Hindixitoyda keng tarqalgan;
  • Prionailurus bengalensis chinensis – Xitoy va Tayvanda topilgan;
  • Prionailurus bengalensis horsfieldi – Kashmirdan Sikkimgacha boʻlgan hududda yashaydi;
  • Prionailurus bengalensis iriomotensis – Iriomotean mushugi, Iriomote orolida yashaydi, koʻpincha alohida tur sifatida tan olinadi;
  • Prionailurus bengalensis euptilurus, Uzoq Sharq yoki Amur oʻrmon mushugi, Amur viloyatining janubida, Primorye va Shimoliy-Sharqiy Xitoyda yashaydi[3][4].

Manbalar

tahrir
  1. ; Jackson, P. „Leopard Cat Prionailurus bengalensis (Kerr 1792): Principal Threats“, Wild Cats: status survey and conservation action plan. Gland, Switzerland: IUCN/SSC Cat Specialist Group, 1996. 
  2. Robbins, N. „Breeds of Domestic Cats: Bengal“, . Domestic Cats: Their History, Breeds and Other Facts. Scotts Valley, CA: CreateSpace Independent Publishing Platform, 2013 — 115−119-bet. ISBN 9781300695424. 
  3. Heptner, V. G. (1971). „[On the systematic position of the Amur forest cat and some other east Asian cats placed in Felis bengalensis Kerr, 1792.]“. Zoologicheskii Zhurnal (ruscha). 50-jild. 1720–1727-bet.
  4. Громов И.М., Баранова Г.И., Барышников Г.Ф. (ред.) (1981). "Каталог млекопитающих СССР : плиоцен-современность" Зоологический институт "Наука". Ленинградское отделение, Ленинград

Havolalar

tahrir