Benim Adım Kırmızı – adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohibi Orhan Pamuk qalamiga mansub boʻlgan roman. Ushbu roman 1998-yilda chop etilgan.

Benim Adım Kırmızı
Muallif(lar) Orhan Pamuk
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Janr(lar)i Roman
Nashr etilgan sanasi 1998-yil
Nashriyot İletişim Yayınları
ISBN ISBN 975-470-711-1

Mazmuni

tahrir

Benim Adım Kırmızı romani – 1591-yilda Usmonli Sulton Murod III davridan 9 kun oʻtib Istanbulda qorli ob-havo sharoitida boʻlgan voqea haqida yozilgan asar. Saroy xattotlari va miniaturachilar sultonning buyrugʻi bilan tayyorlangan kitob uchun yashirincha frankcha taʼsirga ega rasmlar chizadi. Kitobning asosiy qahramonlari – rassomlarni qabul qiladigan uyning qizi Şeküre va unga oshiq boʻlgan xolasining qizi Kadır. Istanbulda qimmatchilik va qoʻrquv hukmronlik qilayotgan bir paytda, bu uydagi xattotlar va miniaturachilar qahvaxonalarda toʻplanib, ertakchilar tomonidan aytilgan voqealarni tinglash bilan zavqlanishardi. „Benim Adım Kırmızı“ning yana bir xususiyati shundaki, kitobning har bir personaji oʻz tilida gapiradi, oʻlik va jonsiz narsalar birinchi oʻringa chiqib, kitob voqealarini oʻz nuqtai nazaridan aytib beradi. Asar ingliz tiliga Erdagʻ Goʻknar tomonidan 2001-yilda tarjima qilingan. 2006-yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Asar 60 dan ortiq tillarga tarjima qilingan[1].

Syujeti

tahrir

Roman 1591-yilning qish oylarida Istanbulda kechgan voqelar asosida yozilgan. Ikki oʻgʻil farzandli Şekürening eri toʻrt yildan beri urushdan qaytmaydi. Şekürening bolalik muhabbati, Şekürening jiyani Kara bilan qilgan ishqiy munosabati oʻrtaga chiqqach uydan haydaladi va 12 yildan soʻng uyga qaytadi. Qaytib kelgach, sevgan insoni Şeküre bilan qayta munosabatlarni tiklash yoʻllarini qidiradi. Şekürening bobosi podishohning amri bilan maxfiy bir kitob yozdiradi. Asarning maxfiy metotlar bilan yozilganligi uning afzalliklaridan biri hisoblanadi. Efendi Osmanli, saroyning mashhur naqqoshlari Kelebek, Zeytin va Leylekka kitobning naqshlarini tayyorlash vazifasini yuklagan. Erzrumlu Hoca Efendi – naqqosh. U podshohning tayyorlatayotgan kitobiga qarshilik koʻrsatadi va naqqoshlar oʻrtasida tortishuv yaratadi. Naqqosh ularga urf-odatlariga va dinga zid ish qilayotganliklari haqida aytadi[2].

Qahramonlar

tahrir

Kara – bu romanning bosh obrazi. Jasur va qarorli.

Şeküre – bu asarning bosh obrazi.

Zeytin – bu romanning salbiy obrazi. Chunki, u Zerif Efendi va Enişte Efendining qotili.

Leylek – uch naqqoshdan biri.

Kelebek – romandagi soʻnggi naqqosh[3].

Tarjimalari

tahrir
  • 내 이름은 빨강 , :Turkchadan tarjima qilgan: Nana Lee
  • My Name is Red, : Erdağ M. Göknar, New York: Knopf, 2001 (Inglizcha).
  • Mənim Adım Qırmızı,Turkchadan tarjima qilgan: Nəriman Əbdurrəhmanlı : [Boku] 2007 (Ozarbayjoncha)
  • Mon nom est Rouge, Turkchadan tarjima qilgan: Gilles Authier, Parij : Gallimard, 2001 (Fransuzcha).
  • Rot ist mein Name, Turkchadan tarjima qilgan: Ingrid Iren, Myunxen : Hanser, 2001 (Nemischa).
  • Me llamo Rojo, Turkchadan tarjima qilgan: Rafael Carpintero, Madrid, Alfaguara, 2003 ISBN 84-204-6618-2 (Ispancha).
  • Il mio nome è rosso, Turkchadan tarjima qilgan: Marta Bertolini ve Şemsa Gezgin, Torino: Einaudi, 2001 (Italyancha).
  • Zovem se Crvena, Turkchadan tarjima qilgan: Ekrem Čaušević ve Marta Andrıć, Sarayevo: Buybook, 2012 (Bosniyacha).
  • Zovem se Crvena, Turkchadan tarjima qilgan: Ekrem Čaušević ve Marta Andrıć, Zagreb: Vuković & Runjić, 2001 (Xorvatcha).
  • Navê Min Sor e,Turkchadan kurdchaga tarjima qilgan (Kurmanci)
  • Zovem se Crveno, Turkchadan tarjima qilgan: Ivan Panović., Belgrad: Geo Poetika, 2006 (Serbcha).
  • Menya zovut Krasniy, perevod 2001 (Ruscha).
  • Imeto mi e Cherven, 2004 (Bolgarcha).
  • Nimeni on Punainen, Turkchadan tarjima qilgan: Tuula Kojo, Tammi Kustannusosakeyhtiö 2000 ISBN 951-31-1507-0 (Fincha).
  • Mă numesc Roşu, Turkchadan tarjima qilgan: Luminiţa Munteanu, Curtea Veche, 2006 ISBN 973-669-208-6 (Rumincha).
  • Mitt namn är röd, Turkchadan tarjima qilgan: Ritva Olofsson, Norstedts Förlag, Stokgolm, 2000 ISBN 91-1-300757-2 (Shvedcha) .
  • わたしの名は「紅」, Turkchadan tarjima qilgan: Dr. Michiko Şendil, 2005 ISBN 978-4894344099, (Yaponcha).
  • Nazywam się Czerwień, Turkchadan tarjima qilgan: Danuta Chmielowska, Kraków: Wydawnictwo Literackie, 2007 (Lexche)
  • Jmenuji se Červená, Turkchadan tarjima qilgan: Petr Kučera, Praga: Argo, 2007 (Chexcha)
  • Nevem Piros, Turkchadan tarjima qilgan: Edit Tasnádi, Budapesht : Ulpius-ház Könyvkiadó, 2007
  • 'Mano Vardas Raudona (Litvacha)
  • Menің atim Qirmizi (Qozoqcha) Turkchadan tarjima qilgan: Amangeldi Kurmetulı, Astana: Foliant, 2016. [1](Wayback Machine saytida 2017-09-02 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2017-09-02 sanasida arxivlangan)


Manbalar

tahrir
  1. „Benim Adım Kırmızı – Orhan Pamuk - Türk Dili ve Edebiyatı“. turkedebiyati.org. 2024-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-avgust.
  2. „Benim Adım Kırmızı Özeti“. butikkitap.com. 2024-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-avgust.
  3. „Benim Adım Kırmızı romanında karakterler – Benim Adım Kırmızı Ceyhun İmanov“. WordPress.com. 2024-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-avgust.

Havolalar

tahrir