Benjamin Britten
Edward Benjamin Britten (22-noyabr 1913-yil, Loustoft, Angliya — 4-dekabr 1976-yil, Oldboro) — ingliz bastakori, pianinochi va dirijyor. Britten musiqaning deyarli barcha janrlarida yetuk asarlar qoldirgan: 20 ga yaqin musiqiy-sahnaviy merosidan „Peter Grimes“ (1945), „A Midsummer Nightʼs Dream“ („Yoz tunidagi tush“) (1960) kabi operalari dunyo teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitor bir nechta asarini maʼrifiy-targʻibiy maqsadda yaratgan. Anʼanaviy lotin matni va Wilfred Owen sheʼrlariga yaratilgan „War Requiem“ („Harbiy rekviyem“) (1961) 20-asrning ibratli asarlari qatoridan oʻrin egallagan.
Benjamin Britten | |
---|---|
Tavalludi | 22-noyabr 1913 |
Vafoti | 4-dekabr 1976[1] |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Otasi | Robert Victor Britten |
Onasi | Edith Rhoda Hockey |
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |