Berdiyor mashara
Berdiyor mashara (Diyorov Berdiyor) (1884—Shahrisabz tumani Chopiq qishlogʻi—1967) — oʻzbek xalq anʼanaviy teatr aktyori. Mizrob masharaning shogirdi. Repertuarida 40 ga yaqin ogʻzaki hajviya, muqallid, hajviy qoʻshiq va oʻyinlar boʻlgan. "Eshoni rais", "Boʻz doʻkoni", "Juvozkash", "Oʻgʻirlik", "Sartarosh", "Tegirmonchi" va boshqa shular jumlasidan. Berdiyor mashara qahramonlar xulqat vorini boʻrttirib koʻrsatgan, hajviy vaziyatga tezda kirishib, qahramon qiyofasi va holatini bsrilib ifodalash qobiliyatiga ega boʻlgan. Hajviy obrazlar Berdiyor mashara ijodida alohida oʻrin tutadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |