Berdyansk
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Berdyansk (1939–58 yillarda Osipenko) — Ukrainaning Zaporojye viloyatidagi shahar (1835-yildan). Azov dengizi boʻyidagi port. Berdyansk stansiyasi. Aholisi 135 ming kishi (1999). "Azovkabel", "Yujgidromash", "Azovselmash" zavodlari bor. Shisha tola, neft moylari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, pedagogika instituti, mashinasozlik, tokchilik va vinochilik texnikumlari, tibbiyot bilim yurti, badiiy va oʻlkashunoslik muzeylari mavjud. Yozi quruq, issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°), qishi iliq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 4°), yiliga 380 mm yogʻin tushadi. Shahardan 5 km narida dengiz boʻyida balchiq bilan davolash va iklimiy kurort joylashgan. Kattalar va bolalar sanatoriysi, dam olish uylari ishlab turibdi. Berdyanskga 1827-yilda asos solingan.
Berdyansk | |
---|---|
46°45′20″N 36°47′20″E / 46.75556°N 36.78889°E | |
Mamlakat | Ukraina |
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |