Berilliy oksid
Berilliy oksid, VeO -berilliyning kislorod bilan birikmasi; oq poroshok, zichligi 3025 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 2578°, qaynash temperaturasi 4300°. 2100° gacha barqaror va 2100—2578° da barqaror modifikatsiyalari mavjud. Tabiiy sharoitda royatda kam (bromellit minerali shaklida) uchraydi. Suvda erimaydi, kislotalarda erib, Be2* tuzlarini hosil qiladi (qizdirilgan Berilliy oksid faqat konsentratlangan H2SO4 va HF da, suyultirilgan berilliy oksid esa faqat NGʻ da eriydi). Ishqorlar bilan suvda eriydigan tuzlar (berillatlar)ni kuydirilmagani 1000° dan yuqori trada suv bugʻi bilan taʼsirlashib, gaz holidagi berilliy gidroksidi hosil qiladi. Berilliy oksid berilliy gidroksidni berilliy tuzlarini yuqori haroratlarda parchalab olinadi. Elektr oʻtkazuvchanligi kam va issiq oʻtkazuvchanligi katta (misnikidan sal ortiq) materiallar hamda oʻtga chidamli maxsus sopol mahsulotlar va tigellar tayyorlashda, yadro reaktorlarida – iyeytronlarni susaytiruvchi va qaytaruvchi sifatida, rentgepotexnikada – rentgen nurlarini oʻtkazuvchi shishalar tayyorlashda organik sintezda – katalizator sifatida ishlatiladi. Berilliy oksid zaharli, nafas yoʻllarini yalligʻlantiradi, oʻpkaning surunkali kasalligi – berilliozga sabab boʻlishi mumkin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |