Berk koʻllar
(Berk ko‘llardan yoʻnaltirildi)
Berk koʻllar – suvi oqib chiqmaydigan koʻllar. Berk koʻllar suvlari, asosan, bugʻlanadi va qisman yer ostiga sizib ketadi. Dasht va chala choʻl zonalaridagi berk oʻlkalarda va abadiy muzloq yerlar keng tarqalgan joylarda koʻp uchraydi. Berk koʻllar Sharqiy Sibir va Saxada (Yakutiya), Oʻrta Osiyoda koʻp. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash, Lobnor, Oʻlik dengiz, Issiqkoʻl va boshqa koʻllar berk koʻllardir. Qurgʻoqchil iqlimli joylardagi berk koʻllarlarning suvi shoʻr boʻladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |