Berkneslar (Bjerknes) — ota va o‘g‘il norveg geofiziklari: 1) Vilgelm Friman Koren (1862— 1951) — meteorologiyada frontologik ilmiy maktab asoschisi. Suyuqlik yoki gazda sirkulyatsiyaning tezlashishi to‘g‘risidagi teorema, siklonlarning to‘lqin nazariyasi muallifi. Obhavoni oldindan aytishning dinamik usullarini ishlab chiqqan. Norvegiyada obhavo xizmatiga asos solgan (1917); 2) Yakob (1897—1975) — atmosfera frontlari haqidagi ta’limot asoschilaridan biri. Asarlari siklonlar evolyutsiyasiga, ularning atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasidagi ahamiyatiga, okean suvlarining atmosfera jarayonlariga ta’siri va b.ga doyr.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil