Berkqora qabristoni — Qirgʻiziston Respublikasi Talas vodiysining Berkqora togʻi oraligʻida joylashgan chorvador qabilalar qabristoni (miloddan avvalgi 3-asr—milodiy 1-asr), 1938—39 yillarda A. N. Bernshtam tekshirgan. Berkqora qabristoni ikkita markaziy maqbaraga ega boʻlib, atrofi tosh fob bilan oʻralgan doira shaklidagi tepalikdan iborat. Yertoʻlaga oʻxshash qabrlardan tosh idishlar, qurolaslahalar, kumush va oltin bilan bezatilgan xilmaxil buyumlar: quloqli XHToii piyolachalari, arelon surati solingan kamar, halqalar topilgan. Skiflar (miloddan avvalgi 3-asr) sanʼatiga xos buyumlar bor. Berkqora qabristoni maqbaralari patriarxal uruglar xilxonasini tashkil etadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil