Bermamit
Bermamit — Katta Kavkazning shimoliy yon bagʻridagi plato. Kislovodskdan 30– 40 km chamasi janubi gʻarbda. Qoyali tizma sistemasida. Tepasi yuqori yura ohaktoshlaridan tarkib topgan. Asosiy plato — Katta Bermamitning balandligi 2591 m gacha. Kichik Bermamitning balandligi 2643 m. Karst rivojlangan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |