Bernard (futbolchi)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Bernard Anício Caldeira Duarte (talaffuzi: Bernard Anicio Caldeira Duarte; 1992-yil 8-sentyabrda Braziliyada tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, „Panathinaikos“ futbol klubi himoyachisi, Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bernard Anício Caldeira Duarte | ||
Tavallud sanasi | 8-sentyabr 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Belo Horizonte, Brazil | ||
Boʻyi | 1.64 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Panathinaikos | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1997—2006 | Comercial EC do Barreiro | ||
2006—2010 | Atlético Mineiro | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2013 | Atlético Mineiro | 86 | (18) |
2010 | → Democrata-SL (ijara) | 16 | (14) |
2013—2018 | Shakhtar Donetsk | 96 | (14) |
2018—2021 | Everton | 73 | (5) |
2021—2022 | Sharjah | 23 | (4) |
2022— | Panathinaikos | 10 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2012—2014 | Braziliya | 14 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (13-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-iyul uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirBernard oʻz faoliyatini 2006-yilda „Atlético Mineiro“ futbol akademiyasida boshlagan, boʻyi pastligi sababli ikki marta jamoaga qoʻshilish uchun bergan arizasiga rad javob olgan. Keyinchalik jamoa safiga kirgan futbolchi maydonda arim himoyachi sifatida toʻp surgan. U 16 ta oʻyinda 14 ta gol urib, ajoyib oʻyin koʻrsatmagani sababli, u 2011-yil „Atlético“ futbol klubiga oʻtgan. 2011-yil 23-mart kuni „Uberaba“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Bernard „Mineiro“ futbol klubi safida debyut qilgan. 21-may kuni „Coritiba“ futbol klubidagi jamoadoshlariga qarshi bahsda yarim himoyachi Braziliya chempionatida debyut qilgan[1]. 2012-yil 26-iyunda „Náutico“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Bernard klub safida birinchi golini urgan[2].
2016-yil 26-iyul kuni Chempionlar ligasi saralashida Shvetsariyaning „Young Boys“ jamoasiga qarshi o‘yinda u gol urgan[3]. 20-oktyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Belgiyaning „Gent“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Bernard rasmiy yevrokubokdagi ilk golini urgan[4].
2018-yilning 9-avgust kuni Angliyaning „Everton“ futbol klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
tahrir2012-yilning 11-sentyabr kuni Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Mano Menezes Bernardni Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etishga chaqirgan, biroq yarim himoyachi maydonga tushmagan. 22-noyabr kuni Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida u 74-daqiqada Lucasning o‘rniga maydonga tushib, terma jamoada debyut qilgan[5]. Bernard milliy terma jamoada 20-raqam ostida oʻynab kelmoqda.
2013-yilning yozida Bernard terma jamoa tarkibida Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan[6]. Turnirda u Italiya va Urugvay bilan oʻyinlarda ishtirok etgan[7].
2014-yilda Bernard oʻz mamlakatida boʻlgan jahon chempionatida ishtirok etgan[8]. Turnirda u Xorvatiya, Meksika va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9][10].
Statistikasi
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Atlético Mineiro Braziliya | 2011 | 23 | 0 | 1 | 0 | - | - | 28 | 0 |
2012 | 36 | 11 | 2 | 0 | - | - | 47 | 15 | |
2013 | 3 | 1 | - | - | 11 | 4 | 25 | 7 | |
Jami | 62 | 12 | 3 | 0 | 11 | 4 | 100 | 22 | |
Shakhtar Donetsk Ukraina | 2013—2014 | 18 | 2 | 3 | 1 | 8 | 0 | 26 | 3 |
2014—2015 | 14 | 0 | 4 | 2 | 5 | 0 | 23 | 2 | |
2015—2016 | 21 | 2 | 5 | 4 | 13 | 0 | 39 | 6 | |
2016—2017 | 24 | 4 | 4 | 0 | 9 | 3 | 37 | 7 | |
2017—2018 | 19 | 6 | 2 | 1 | 8 | 3 | 29 | 10 | |
Jami | 96 | 14 | 18 | 8 | 43 | 6 | 157 | 28 | |
Everton F. C. Angliya | 2018—2019 | 34 | 1 | 2 | 1 | - | - | 36 | 2 |
2019—2020 | 27 | 3 | 3 | 0 | - | - | 30 | 3 | |
2020—2021 | 12 | 1 | 6 | 2 | - | - | 18 | 3 | |
Jami | 73 | 5 | 11 | 3 | - | - | 84 | 8 | |
Sharjah F. C. | 2021—2022 | 23 | 4 | 3 | 0 | 6 | 3 | 32 | 7 |
Jami | 23 | 4 | 3 | 0 | 6 | 3 | 32 | 7 | |
Panathinaikos F. C. Gretsiya | 2022—2023 | 2 | 0 | 0 | 0 | - | - | 2 | 0 |
Jami | 2 | 0 | 0 | 0 | - | - | 2 | 0 | |
Umumiy faoliyatida | 256 | 35 | 35 | 11 | 60 | 13 | 375 | 65 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Атлетико Минейро — Атлетико Паранаэнсе 3:0“ (ru). soccerway.com (2011—05—21). 2016-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Атлетико Минейро — Наутико 5:1“ (ru). soccerway.com (2012—06—24). 2016-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Шахтёр Донецк VS. Янг Бойз 2:0“ (ru). soccerway.com (2016—07—26). 2016-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Шахтёр Донецк VS. Гент 5:0“ (ru). soccerway.com (2016—10—20). 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Аргентина VS. Бразилия 2:1“. 2019-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
- ↑ „Италия VS. Бразилия 2:4“ (ru). soccerway.com (2013—06—22). 2013-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
- ↑ „Бразилия VS. Уругвай 2:1“ (ru). soccerway.com (2013—06—26). 2016-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
- ↑ „Бразилия VS. Мексика 0:0“ (ru). soccerway.com (2014—06—17). 2015-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
- ↑ „Бразилия VS. Хорватия 3:1“ (ru). soccerway.com (2014—06—12). 2014-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
- ↑ „Бразилия VS. Германия 1:7“ (ru). soccerway.com (2014—07—08). 2016-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.