Bernard Lewis (talaffuzi: Bernard Lyuis) (31-may 1916-yil — 19-may 2018-yil) — britaniyalik-amerikalik sharqshunos va siyosiy sharhlovchi. Lewis Islom dini tarixi va musulmon mamlakatlar bilan gʻarbiy mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar boʻyicha qator asar yozgan. U Yaqin Sharqni oʻrgangan eng taniqli gʻarb olimlaridan biri hisoblanadi.[4]

Bernard Lewis
Tavalludi 31-may 1916-yil
Vafoti 19-may 2018-yil(2018-05-19)
(101 yoshda)
Voorhees Township, New Jersey, AQSH
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik[1][2][3]

Bir necha siyosatchi, jumladan AQShning 43-prezidenti George W. Bush Lewisdan maslahat olib ish tutgan.[5] Lewis oʻzining „From Babel to Dragomans“, „The Assassins: A Radical Sect in Islam“ va boshqa qator asarlari bilan shuhrat qozongan.

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. Abrahamson, James „Gʻarb va AQSh masofani bosib oʻtishadimi? (ingl.). American Diplomacy (8-iyun, 2007). 2011-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyul, 2012.(Wayback Machine saytida 2011-09-05 sanasida arxivlangan)
  5. „Magʻlubiyat partiyasi: AEIning ajabtovur bayrami (ingl.). Slate (15-mart). Qaraldi: 19-iyul, 2012.

Havolalar

tahrir