Berton

kechki serhosil olxoʻri navi

Berton—kechki serhosil olxoʻri navi. Amerikadan keltirilgap. Daraxti oʻrtacha kattalikda, balandligi 5–6 m. Bargi teskari tuxumsimon, qalin, toʻq yashil. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (40—60 g), toʻq binafsha rangda. Eti tigʻiz, xushxoʻr, taʼmi nordonroq. Sugʻoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Koʻchati ekilgandan keyin 6yili hosilga kiradi. Aprel oʻrtalarida gullaydi, sentabrda pishadi. Tarkibida 11,5% qand bor. Tupi 60–150 kg hosil beradi. Zararkunanda va kasalliklarga chidamli nav. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, sharbatlar, jem, murabbo tayyorlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil