Beruniy nomidagi xalqaro mukofot
- Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan adashtirib yuborilmasin.
Beruniy nomidagi UNESCO–Oʻzbekiston xalqaro mukofoti – sunʼiy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikka xizmat qiluvchi loyiha mualliflariga taqdim etiluvchi UNESCO-Oʻzbekiston xalqaro mukofoti[1][2][3]. Mukofot har 2 yilda nomzodlarga xalqaro hakamlar haʼyatini qaroriga muvofiq taqdim etiladi. Mukofot oʻrta asrlardagi qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy sharafiga nomlangan[4][5].
Beruniy nomidagi UNESCO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti | |
---|---|
Turi | xalqaro mukofot |
Kimga topshiriladi | sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi loyiha mualliflari |
Taqdirlash asosi |
|
Holati | topshiriladi |
Statistika | |
Taʼsis sanasi | 2022-yil |
Birinchi taqdirlash | 2025-yil noyabr oyi |
Tarixi
tahrir2023-yil 25-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – Oʻzbekiston xalqaro mukofotini taʼsis etishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“gi PQ-286-sonli qarori qabul qilingan[6][7].
2024-yilning 22-oktyabrida Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazilgan UNESCO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida Beruniy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etish toʻgʻrisida taklif qoʻllab-quvvatlangan[8]. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva shunday fikr bildirgan:
Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.
Topshirilishi
tahrirMukofot har 2 yilda bir marotaba topshiriladi. Ilk taqdirlash 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Har bir taqdirlash marosimida 3 nafar shaxsga berilishi rejalashtirilgan. Har bir mukofot sohibiga 30,000 AQSH dollari miqdorida ragʻbatlantiriladi. Umumiy sovrin jamgʻarmasi 90,000 AQSH dollarni tashkil qiladi[9].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „The International Prize of UNESCO - Uzbekistan named after Abu Raykhon Beruni was established“. Yuz.uz. Qaraldi: 25-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi“. kun.uz. Qaraldi: 25-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Uzbek President proposes international award named after Abu Rayhan Beruni“. Daryo.uz. Qaraldi: 25-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Uzbekistan, UNESCO establish international prize in honor of Abu Rayhan Beruni“. daryo.uz. Qaraldi: 25-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Beruniy nomidagi YUNESKO–Oʻzbekiston xalqaro mukofoti taʼsis etildi“. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Milliy markazi. Qaraldi: 25-yanvar 2025-yil.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.08.2023 yildagi PQ-286-son. „Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO — O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida“. lex.uz. Qaraldi: 25-yanvar 2025-yil.
- ↑ „The 1050th anniversary of the birth of Abu Rayhon Beruni to be widely celebrated at the international level under the auspices of UNESCO“. UzDaily.uz. Qaraldi: 25-yanvar 2025-yil.
- ↑ „New UNESCO-Uzbekistan International Prize named after Al-Biruni established“. UzDaily.uz. Qaraldi: 25-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Beruniy Prize for Scientific Research on the Ethics of Artificial Intelligence“. UNESCO. Qaraldi: 25-yanvar 2025-yil.