Beshik kerti
Beshik kerti, beshik ketdi, quloq tishlash — bolalarni beshikdaligidayoq unashtirib qoʻyish odati. Oʻtmishda bir-biriga yaqin oilalarning birida oʻgʻil, ikkinchisida qiz tugʻilsa, ular voyaga yetganlarida birga turmush qurishlari belgilab qoʻyilardi. Otaonalar kelishib, qizning boshini bogʻlab qoʻyish uchun beshik dastasiga pichoq bilan kertib—belgi qilib qoʻyganlar. Beshik kerti urugʻqabilachilik davrining qoldigʻi. Qoʻshni, urugʻ, qabilalar oʻzaro doʻstlikni mustahkamlashda Beshik kerti dan foydalanganlar. Beshik kerti qilingai farzandlar voyaga yetganlarida turmush qurishlari shart boʻlgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |