Beshik toʻyi

‘‘ BESHIK TO‘YI ’’
(Beshik to‘yidan yoʻnaltirildi)

Beshik toʻyi (qozoqcha: бесік тойы; turkcha: beşik toyu[1] yoki beşik töreni[2]) — Yaqin va Oʻrta Sharq, Oʻrta Osiyo xalqlari, jumladan oʻzbeklar oilasida toʻngʻich farzand tugʻilishi sharafiga oʻtkaziladigan tantanali marosim. Bu udum Oʻzbekiston viloyatlarida oʻziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.

Beshik chaqaloqning ona qarindoshlari—bobosi, buvisi, togʻa va xolalari tomonidan qilingan. Beshik udumi bilan bogʻliq chaqaloqqa kerakli barcha buyumlar tayyorlangan. Dasturxonga non, patir va anvoi shirinliklar tugilgan, shuningdek unga yana oʻyinchoqlar (qiz boʻlsa qoʻgʻirchoq) qoʻshilgan.

Koʻp yerlarda (xususan Toshkentda) chaqaloqqa atab (agar oʻgʻil boʻlsa) toy ham yasatilgan. Chaqaloqning otaonasi, bobosi va buvisiga sarpo ham qoʻyilgan. Bezatilgan beshik, sovgʻalar arava (mashina)ga yuklab, karnaysurnay va childirmachilar joʻrligida olib borilgan.

Mehmonlar kutib olinganda, niyatlari oq boʻlishi, bolaga baxt tilash ramzi sifatida ularning yuzlariga un surib qabul qilingan. Shu vaqtning oʻzida boshqa xonada doya buvi boshchiligida barcha irimsirimlar ijro etilib, chaqaloqni beshikka belash marosimi (odatda, bolani beshikka koʻp bolali ayol belagan) oʻtkazilgan.

Marosim oxirida yaqin qarindoshlar chaqaloq huzuriga, yuz koʻrarga kirib sovgʻa berib, beshik ustiga shirinlik sochib baxt tilab chiqib ketadilar.[3]

Manbalar

tahrir
  1. Shurubu Kayhan. „Türk Dünyasında ve Türk Kültüründe Beşik“. Türksam (2020-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
  2. „‘Beşik Töreni’ geleneği“ (tr). Habercim (2013-yil 22-iyul). Qaraldi: 2023-yil 17-dekabr.
  3. "Beshik toʻyi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil