Beshqayragʻoch koʻchasi (Toshkent)

Beshqayragʻoch koʻchasi — Uchtepa tumani xududida. Uzunligi 4 km atrofida. Kichik halqa yoʻli va Toʻqimachi koʻchasi oraligʻida joylashgan[2].

Beshqayragʻoch koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Uchtepa
Uzunligi 4 km
Avvalgi nomlari Qizil tong
Ziyo Said[1]
Map

1966-yil tashkil topgan. Dastlab „Qizil tong“ deb nomlangan. 1972-yil 15-dekabrda dramaturg va jurnalist, qatagʻon qurboni Ziyo Said (1901-1938) nomi berilgan[1]. 2009-yil 21-apreldan hozirgi nomda[3].

Mahallalar

tahrir

Yoʻnalishidagi hududlar „Bogʻichinor“, „Degrez“, „Oʻtkir“, „Jarbuloq“, „Zulfizar“, „Ibrat“, „Nishabariq“, „Sharq guli“, Xondamir, Xurshid mahallalariga qarashli.

Binolar

tahrir
 
Koʻcha belgisi

Koʻchada „Ona va bola“ markazi, oilaviy poliklinika, maktablar, bogʻchalar, shaxsiy turar joy binolari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari, ATS, aloqa boʻlimi, savdo majmuapari, umumiy ovqatlanish maskanlari, avtobus bekatlari joylashgan. Yaqinida Toshkent avtomobil halqa yoʻli, toʻqimachilik qoʻshma korxonasi bor.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Тошкент кўчалари. Тақачи“ (uz). Shosh.uz. Qaraldi: 19-noyabr.
  2. „улица Бешкайрагач“ (ru). Qaraldi: 19-noyabr.
  3. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.