Beshqoʻrgʻon masjidi
Beshqoʻrgʻon masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Beshqoʻrgʻon jome masjidi
Beshqoʻrgʻon | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Najmiddin domla Saidov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirBeshqoʻrgʻon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Erkin nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Karvon saroy mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Najmiddin domla Saidov boʻlib, ushbu masjidga Erkin qishloq fuqarolar yigʻini, Gulxaniy koʻchasiga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan, Kamoliddin Bexzod mahalla fuqarolar yigʻidagi mahallasi , Daliguzar mahalla fuqarolar yigʻini, Poʻlatov koʻchasi, Yangi bogʻ mahallasi, Tarixteshar koʻchasi va unga yaqin boʻlgan guzarlardan, ovullardan va qishloqlardan ziyoratchilar, mehmonlar, mahalliy aholi vakillari, musofirlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Beshqoʻrgʻon jome masjidi Toshkent shahriga yaqin boʻlgan hududda joylashganligi sababli, masjidga Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti namozlarida koʻplab namozxonlar, aholilar, yoʻlovchilar tashrif buyurishadi.
Tarixi
tahrirBeshqoʻrgʻon jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Masjid binosi bir necha yillar oldin xalq hashar yoʻli bilan mahalliy aholi vakillari, homiylar, ulamolar, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 1000 nafardan ziyod boʻlgan namozxonlarni va ziyorachilarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega..
Manbalar
tahrir- ↑ „БЕШ ҚЎРҒОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „BESHQO'RG'ON MASJIDI IN UZBEKISTAN“. uz.near-place.com. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.