Bessa (frans. baisse — pasaytirmoq)— birja chayqovchiligi; qimmatbaho qogʻozlar kurs i yoki tovarlar narxini pasaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Narxlarni lasaytirishga intiladigan tadbirkor qimmatbaho qogʻozlar yoki tovarlarni maʼlum muddatga sotadi. Kelishilgan muddat va uning ijrosi oʻrtasidagi davr mobaynida bozorda narx tushib ketsa, kelishuvni bajarish muddati kelishi bilan chayqovchisotuvchi qogʻozlar yoki tovarlarni yanada arzonroq narxda xarid qilib, oʻz kontrageptiga shartlashilgan yuqori narxlarda topshirib, foyda olishi mumkin. Shunday qilib, kelishuv tovar yoki qogʻozlarni amadda yetkazib bermay turib ham kurs farqini toʻlash bilan tugaydi. Kurs yoki narx pasayishidagi farq sotuvchi foydasiga, narx koʻtarilganda esa xaridor foydasiga hal boʻladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil