Betaspektrometrlar — yadrolarning betayemirilishi va gammanurlarning ichki konversiyasn natijasida ajralib chiqqan elektron va pozitronlar energiyasi (energetik spektri)ni tahlil qilishda ishlatiladigan asboblar. Betaspektrometrlar ikkilamchi elektronlar (tepki elektronlar, fotoelektronlar, elektronpozitron jufti) hosil qiladiganunurlarni tekshirishda ham ishlatiladi. Ishlash tarzi zaryadli zarralarning elektr va magnit maydoni taʼsirida ogʻishiga asoslangan. B.yeda energiya manbai sifatida yupqa radioaktiv slyuda yoki alyuminiy zarqogʻoz ishlatiladi; energiyani fotoplastinka yoki hisoblagich (detektor)larda qayd etiladi. Betaspektrometrlar ni ishga tushirishdan oldin rostlanadi. Betaspektrometrlar ning xillari koʻp. Magnitli Betaspektrometrlar koʻproq ishlatiladi; ularda elektronlar (zarralar) dastasini fokuslash 1rasmda koʻrsatilgan. S manbadan chiqqan bir xil impulyeli zarralar bir jinsli boʻylama magnit maydonida yarim aylana uzunligiga teng yoʻl bosib, x oʻqida bir nuqtaga fokuslanadi. Betaspektrometrlar ning ajrata olish qobiliyatini yaxshilash uchun bir jinslimas magnit maydonidan foydalaniladi; bu esa qoʻ sh fokuslash ham deyiladi. Boʻylama magnit maydoni bir jinsli Betaspektrometrlar keng tarqalgan, bunda magnit maydoni gʻaltak (solenoid) ichida hosil qilinadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil