Bevatan
Xiva xonligida davlat (podsholik) yerini ijaraga olib ish-laydigan dehqon
Bevatan — Xiva xonligida davlat (podsholik) yerini ijaraga olib ish-laydigan dehqon. B. oʻzi ishlatib turgan yerni sotishga haqi boʻlmagan. B. vafot etsa, yerdan foydalanish huquqi uning bolalariga oʻtgan. B. yerga hech qanday huquqi boʻlmasada, butun hosilga, shuningdek oʻzlari qurgan imoratlarga toʻla egalik qilgan. Yerning sifatiga qarab hosilning 1/3 dan tortib 1/2 gacha ijara haqi toʻlashdan tashqari, B. 5 tanobga 1 tilla hiso-bidan masjidga oʻndan bir soliq, yaʼni ushr toʻlagan va boshqa majburiyatlarni bajargan. B. oʻrtacha 5—7 tanob yerni ijaraga olib, har 5 tanobga 1 tilladan solgʻut toʻlagan. 19-asr 90- yillarida birgina Xiva viloyatida B.lar barcha dehqonlarning 1/3 qismini tashkil etgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |