Bezak haykaltaroshligi
Bezak haykaltaroshligi – haykaltaroshlik turi, asarlari maʼlum meʼmoriy makonni yoki tabiiy sharoitni hisobga olgan holda binoning tashqarisi yoki ichkarisini, shahar koʻchalari, maydonlari va xiyobonlarini bezatadi. Bezak haykaltaroshligiga meʼmoriy bezaklar (atlantlar, maskoronlar, kariatidalar), favvoralar uchun ishlangan xaykallar, panjaralar, badiiy bezakli darvozalar, binoning ichki bezaklariga marmar, metall, chinni va boshqalardan ishlangan kichik shakldagi haykallar kiradi. Asarlari meʼmoriy ansambl bilan uygʻunlashib, sanʼat asari sifatida oʻz mustaqilligini yoʻqotmaydigan mahobatli haykaltaroshlikdan bezak vazifasini oʻtashi bilan farqlanadi. Bezak haykaltaroshligida obrazlarni yumorli tarzda talqin etish, boʻrttirishga yoʻl qoʻyiladi, turli xayvonlar (masalam, baliq, qurbaqa, laylak va hokazo) shakllari keng ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |