Bezgak chivinlari (Anopheles) -qon soʻruvchi chivinlar urugʻi. 300 ga yaqin turi (Oʻzbekistonda 8 turi) maʼlum. 3 turi (A. sacharovi, A. superpictus, A. pulcherrimus) bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak sporalisini tarqatuvchisi hisoblanadi. Tanasining uz. 6 – 8 mm. Bezgak chivinlari kun botishi bilan ucha boshlaydi, kunduzi qorongʻi, sal-qin pana joylarga bekinib oladi. Bezgak chivinlari qoʻnganida boshini pastga egib, qornini qoʻngan joyga nisbatan qiya burchak ostida koʻtarib turadi. Qurtlari esa tanasini gorizontal tutgan holda suvning sirtqi pardasi ostiga yopishib oladi. Bezgak chivinlarini ana shu holatiga koʻra boshqa bezgak tarqatmaydigan chivinlardan oson farq qilish mumkin, erkagi oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi, urgʻochisining tuxumlari faqat qon soʻrgandan soʻng ri-vojlana boshlaydi. Urgʻochi Bezgak chivinlari oʻlja qidirib hatto shamol esayotgan tomonga, baʼzan bir necha km masofaga uchib borishi mumkin. Bezgak chivinlari yirik hayvonlar va odam qonini soʻradi. Urgʻochi chivin oʻz tana ogʻirligiga nisbatan ancha koʻproq qon soʻradi. Suvga tuxum qoʻyadi. Qurtlari suvni filtrlab oziqlanadi.

Bezgak chivinlari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binar nomi
Anopheles

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil