Bibi Xojar majmuasi – Xiva tumanining Soyot mahallasida joylashgan va 1846-yilda toʻliq shakllanib boʻlgan tarixiy majmua. Majmua tarkibida maqbara, qishki masjid va qabriston boʻlib, qishki masjid ustunida binoning Muhammad Rahimxon II davrida qurilganligiga ishora qiluvchi yozuvlar mavjud[1].

Bibi Xojar majmuasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obyekt
Turi Majmua
Manzili Soyot MFY
Shahar Xiva tumani
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°22′42″N 60°21′50″E / 41.3783313°N 60.3639066°E / 41.3783313; 60.3639066
Qurilishi boshlangan XIII asr
Qurilishi tugagan 1846-yil
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Bibi Xojar majmuasi xaritada

Bibi Xojar majmuasi Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishlidir[2].

Tarixi

tahrir

Bu majmua Ichan qal’aning eng qadimiy yodgorliklaridan biridir. Maqbara ziyoratxona (sajdaxona) va goʻrxona (maqbara)dan iborat. Maqbara XIII asrda qurilgan va asrlar davomida qabrlar sonining ortib borishi sababli keyinchalik maqbara darajasida qisqartirilgan. Biroq, arxeologik qazishmalar natijasida yodgorlikning tarixi va avvalgi koʻrinishi haqida yetarlicha maʼlumotlar toʻplangan. Tarixchi Ahmad Roziy Said Alovuddinni Xorazmning mashhur shayxlari qatoriga kiritib, u shayx Najmiddin Kubrodan keyingi mashhur shayxlardan biri ekanligini taʼkidlagan. Bu borada Jomiy va Navoiy asarlarida ham maʼlumotlar mavjud.

Goʻrxona (maqbara) muqaddas joy hisoblangan daxma qismi oʻzining goʻzalligi bilan ajralib turadi. Maqbara binosi sirlangan yashil, toʻq koʻk, och koʻk va oq rangdagi nafis naqshlar bilan bezatilgan. Bunday naqshli bino Xivada yagona boʻlib, Bibi Xojar maqbarasidagi kabi naqshlarni Samarqanddagi Shohizinda majmuasiga kiruvchi Qusama Ibn Abbos maqbarasida ham koʻrish mumkin.

Bibi Xojar maqbarasi oʻsha davr olimi, Naqshbandiy qarashlarining tarafdori boʻlgan amir Soʻfi Kulaylim tashabbusi bilan qurilgan[1].

Rekonstruksiya qilinishi

tahrir

Maqbara shayx Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi munosabati bilan qayta tiklangan. Bibi Xojar ayni paytda Najmiddin Kubroning onasi boʻlgan[3]. „2022—2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Xiva tumanidagi „Bibi Xojar“ maqbarasida ziyoratchilar uchun sharoit yaratish (maqbara hududini obodonlashtirish, unda savdo va ovqatlanish punktlarini yaratish) ishlari olib borilishi rejalashtirilgan[4][5].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir