Bibi seshanba
Bibi seshanba, Seshanba ona— oʻzbeklar va tojiklarning afsonalarida oilaviy baxt, shuningdek ip yigirish va tikuvchilik kabi hunarlarning homiysi, piri. Bibi seshanba sharafiga ayollar seshanba kunlari toʻplanib, yigʻin, marosim oʻtkazish, uni keksa, oliyjanob kampir siymosida tasavvur etib, Bibi seshanbadan oilaviy turmushda oʻzlari uchun saodat, kasblari uchun rivoj berishini tilab, u toʻgʻrisidagi rivoyatlarni yodga olish, uqish odati bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |