Bibisora Turobova
Oʻzbekistonlik shoir
Bibisora Turobova (1952—2024) — shoira, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Bibisora Turobova | |
---|---|
Tavalludi |
1952-yil 1-sentyabr |
Vafoti |
15-sentyabr 2024-yil (72 yoshda) |
Taʼlimi | Samarqand davlat pedagogika instituti |
Hayoti
tahrirBibisora Turobova 1952-yil 1-sentyabrda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan. Dastlab oʻrta maktabda, soʻng Maktabgacha taʼlim texnikumida tahsil olgach, Samarqand davlat pedagogika institutida oʻqigan.
Bir muddat Samarqand viloyat hokimi oʻrinbosari, mehribonlik uyi direktori vazifalarida ishlagan.
1990-yillarda Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan. 10 ga yaqin sheʼriy kitoblari, jumladan, „Kelin salom“ va „Men izlagan quvonch“ kitoblari chop etilgan.
2011-yilda yozilgan „Oʻlsam, janozamni bulbul oʻqisin“ sheʼri mashhur.
Bibisora Turobova 2024-yil 15-sentyabrda vafot etgan[1][2][3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Таниқли шоира Бибисора Туробова 72 ёшида вафот этди“. gazeta.uz. Qaraldi: 5-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi“. kun.uz. Qaraldi: 5-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Taniqli shoira Bibisora Turobova vafot etdi“. xabar.uz. Qaraldi: 5-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi“. daryo.uz. Qaraldi: 5-oktabr 2024-yil.