Bibliografik qoʻllanmalar

tahrir

Bibliografik qoʻllanmalar — minglab bibliografik yozuvlarning maʼlum bir tartibda bir joyga toʻplangan shakli boʻlib, fikrlarning umumiyligi, kitobxonlik maqsadi aks etayotgan xujjatlarning mazmuniga koʻra turli xil usulda amalga oshiriladi.Hozirgi paytda anʼanaviy bibliografik qoʻllanmalardan tashqari elektron koʻrinishdagi bibliografik qoʻllanmalar ham yaratilmoqda. Bibliografiyalashning obyekti boʻlib hujjat yoki uning qismi xizmat qiladi. Bibliografik axborotni ishlab chiqish jarayoni bir qancha oʻziga xos xususiyatga va oʻziga mos vositalar, usullar va yakuniy xulosalarga ega jarayonlar yigʻindisi boʻlib, u analitik-sintetik ishlovga asoslangan yagona texnologik va ijodiy jarayondir. Bir vaqtning oʻzida bu jarayonda zarur axborot toʻplanadi va unga baho beriladi, olingan maʼlumotlar umumlashtiriladi, tegishli, maqsadga qaratilgan yoʻnalishda va shaklda axborot uzatiladi.

Axborot isteʼmolchisi

tahrir

Axborot isteʼmolchisi — inson. Uning maqsadi mustaqil bilim olish, oʻquv malakasini oshirish, ilmiy bilim olish va ilmiy salohiyatini oshirish, ishlab-chiqarish malakasini oshirish va boshqalar. Yuqori darajada axborot-kutubxona va bibliografik xizmat koʻrsatish uchun xujjatlar ilmiy asoslangan holda klaassifikatsiya qilinishi lozim. Klassifikatsiya asosiga insonning professional-ishlab-chiqarish faoliyati, egallab turgan lavozimi, maʼlumot darajasi, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, oʻqish madaniyati darajasi, bibliografik qoʻllanmalardan foydalana olish qobiliyati, ruhiy va boshqa xususiyatlari olinadi. Chunki inson-kitobxon ham bibliografiyaning obyektidir.

Manbalar

tahrir

Yuldashev, I. Bibliografiyashunoslik: oliy o'quv yurti talabalari uchun darslik/I.Yuldashev, G'.Nrzullayev, T.Boyto'rayev.-Toshkent: 2021,-282 bet.