Bichimaq
Bichimaq – Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lugʻatayn”da alohida taʼkidlagan yuzta feʼlning yetmish toʻqqizinchisi. Hozirgi oʻzbek tilidagi bichmoq soʻzining Navoiy davri va undan oldingi davrda qoʻllangan shakli. “Devonu lugʻatit turk”da bichdi soʻzi uchraydi va u kesmoq, bichmoq maʼnosini ifodalagan. Bu soʻz qadimgi turkiy tilda oʻtkir, kesuvchi asbob maʼnosini anglatgan ”bi” otidan “-ch” qoʻshimchasi bilan yasalgan: bi + ch = bich. Bu feʼl asli kes maʼnosini anglatgan, keyinchalik maʼnosi torayib, xoslanish yuz bergan[1][2][3].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |